Ortiqboev Farxod Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimentda trofik yaralarni davolash uchun biologik to‘qimalar muxandisligi konstruksiyalaridan foydalanishga yangi yondashuvlar», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4616.
Ilmiy rahbarlar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ulug‘bek Yusufjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjanovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodirov Shavkat Nomanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental trofik yaralarda fibroblastlar va kollagenning kombinatsiyalangan ta’sirini yaraning bitishiga ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fibroblastlar va kollagenni ketma-ket qo‘llash (ularni alohida qo‘llashdan farqli o‘laroq) hujayralarning adgeziyasi, keratinotsitlar va fibroblastlarning proliferatsiyasini tezlashtiradigan vaqtinchalik matriksni shakllanishi uchun optimal ekanligi aniqlangan;
asosiy biomarkerlar – o‘sma nekrozi omili TNF-a darajasining oshishi va angiogenezni kuchaytiradigan, surunkali yallig‘lanishni bostiradigan va to‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradigan qon tomir endotelial o‘sish omili (VEGF) ning pasayishi asosida trofik yaralarni davolashda kollagen-fibroblastli biokompozitlarining yuqori samaradorligi isbotlangan;
trofik nuqsonlar sohasida reparativ jarayonlarni selektiv rag‘batlantirishni ta’minlaydigan gel` qoplamasi sifatida kollagen bilan bog‘langan nanokompozitlarga ega biofaol fibroblastlardan foydalanishning patogenetik asoslanishi tajriba sharoitida isbotlangan;
tajribada sharoitida trofik yaralarni mahalliy ishlab chiqarilgan kollagen geli va fibroblastlar bilan kombinatsiyasida davolash samaradorligini baholash asosida fibroblast-kollagen qoplamalarni qo‘llash orqali trofik yaralarni davolashning optimal jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Eksperimentda trofik yaralarni davolash uchun biologik to‘qimalar muxandisligi konstruksiyalaridan foydalanishga yangi yondashuvlarni baholash asosida:
birinchi ilmiy yangilik: fibroblastlar va kollagenni ketma-ket qo‘llash (ularni alohida qo‘llashdan farqli o‘laroq) hujayralarning adgeziyasi, keratinotsitlar va fibroblastlarning proliferatsiyasini tezlashtiradigan vaqtinchalik matriksni shakllanishi uchun optimal ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/524-t-son bilan tasdiqlangan «Trofik yarada yara nuqsonini fibroblastli kollagen kompozisiyasidan foydalanib davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 25-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trofik yaralarni to‘qima muxandislik konstruksiyasi bilan xirurgik davolash natijasida kasallikning surunkali klinik kechishi engillashtirish, hayot sifati va harakat faolligini saqlab qolish imkonini berishi va kasallikni davolashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirish hamda bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2508145,25 so‘m mablag‘lari yangi davolash usulini joriy etish orqali kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hamda nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik:    asosiy biomarkerlar – o‘sma nekrozi omili TNF-a darajasining oshishi va angiogenezni kuchaytiradigan, surunkali yallig‘lanishni bostiradigan va to‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradigan qon tomir endotelial o‘sish omili (VEGF) ning pasayishi asosida trofik yaralarni davolashda kollagen-fibroblastli biokompozitlarining yuqori samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/524-t-son bilan tasdiqlangan «Trofik yarada yara nuqsonini fibroblastli kollagen kompozisiyasidan foydalanib davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 25-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trofik yaralarni to‘qima muxandislik konstruksiyasi bilan xirurgik davolash natijasida kasallikning surunkali klinik kechishi engillashtirish, hayot sifati va harakat faolligini saqlab qolish imkonini berish va kasallikni davolashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirish orqali bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish orqali ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2508145,25 so‘m mablag‘lari yangi davolash usulini joriy etish orqali kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hamda nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: trofik nuqsonlar sohasida reparativ jarayonlarni selektiv rag‘batlantirishni ta’minlaydigan gel` qoplamasi sifatida kollagen bilan bog‘langan nanokompozitlarga ega biofaol fibroblastlardan foydalanishning patogenetik asoslanishi tajriba sharoitida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/524-t-son bilan tasdiqlangan «Trofik yarada yara nuqsonini fibroblastli kollagen kompozisiyasidan foydalanib davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 25-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trofik nuqson sohasida reparativ jarayonlarni selektiv rag‘batlantirishni ta’minlaydigan gel` qoplamasi sifatida kollagen bilan bog‘liq nanokompozitlar bilan biofaol fibroblastlarni qo‘llashning patogenetik asoslanganligi tajriba sharoitida isbotlash, ularning hayot sifati oshirish va harakat faolligini saqlab qolish imkonini berishi va kasallikni davolashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirish o‘z navbatida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2508145,25 so‘m mablag‘lari yangi davolash usulini joriy etish orqali kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hamda nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribada sharoitida trofik yaralarni mahalliy ishlab chiqarilgan kollagen geli va fibroblastlar bilan kombinatsiyasida davolash samaradorligini baholash asosida fibroblast-kollagen qoplamalarni qo‘llash orqali trofik yaralarni davolashning optimal jarrohlik taktikasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/524-t-son bilan tasdiqlangan «Trofik yarada yara nuqsonini fibroblastli kollagen kompozisiyasidan foydalanib davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 25-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trofik yaralarni to‘qima muxandislik konstruksiyasi bilan xirurgik davolash natijasida kasallikning surunkali klinik kechishi engillashtirish, hayot sifati va harakat faolligini saqlab qolish imkonini berishi mumkin va kasallikni davolashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa o‘z navbatida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2508145,25 so‘m mablag‘lari yangi davolash usulini joriy etish orqali kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hamda nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish