Qodirova Mohidil Nosirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ish yoshidagi ayollarda xelikobakter pilori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini uchrashi, tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5115.
Ilmiy rahbar: Nurbaev Farmon Ergashevich,tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gavhar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekmurzaeva El`mira Kuanishovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi qamkonligini tashxislash va davolashni mukkamalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik (temir, ferritin, transferrin, eruvchi transferrin reseptorlari) ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar sonidan kelib chiqib indivudial nazorat qilish, ushbu kamqonlikning uchrash darajasi ishonchli kamayishiga olib kelishi asoslangan; 
H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik ko‘rsatkichlari va tug‘ruqlarning intergenetik oraliqlari orasida yuqori ishonchli korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan;
H.pylori infeksiyasi fonida interleykin-6 va α-o‘sma nekroz omili(TNF-α) o‘sishi orqali gepsidin sekresiyasining ortishi va ferroportin blokadasiga olib keluvchi mexanizmlar tug‘ish yoshidagi ayollarda rezistent temir tanqisligi kamqonligi rivojlanishining asosiy patogenetik zvenosi ekanligi aniqlangan;
tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini oldini olish va samarali davolashning indivudial algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligida qonda ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruqlar sonidan kelib chiqib indivudial nazorat qilishni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik (temir, ferritin, transferrin, eruvchi transferrin reseptorlari) ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar sonidan kelib chiqib indivudial nazorat qilish, ushbu kamqonlikning uchrash darajasi ishonchli kamayishiga olib kelishi asoslangan. Bu bo‘yicha ”Tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi qamkonligini tashxislash va davolashni takomillashtirish”mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 6 iyun` 2025 yil №25m/186-son xulosasi)bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 20 iyun 2025 yildagi №246-2-42-TV/2025-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat Kogon tuman tibbiyot birlashmasi 13.02.2025 yildagi №470-2-208-TV/2025.buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 7.10.2025 yil 26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini tug‘ish yoshidagi ayollarda uchrash darajasini erta aniqlab bartaraf etish natijasida kasallikning og‘ir kechishini va undan kelib chiqadigan asoratlarni kamaytirishga erishiladi. Tug‘ish yoshidagi ayollarda temir tanqisligi kamqonligi barqaror kechgan barcha hollarda nafas sinamasi yordamida H.pylori mavjudligini aniqlash lozim. Iqtisodiy samaradorligi: H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini tug‘ish yoshidagi ayollarda uchrash darajasini erta aniqlab bartaraf etish natijasida kasallikning og‘ir kechishini va undan kelib chiqadigan asoratlarni kamaytirish natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish muddati kamayishi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 454600 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini tug‘ish yoshidagi ayollarda uchrash darajasini erta aniqlab bartaraf etish katta ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik ko‘rsatkichlari va tug‘ruqlarning intergenetik oraliqlari orasida yuqori ishonchli korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan. Bu bo‘yicha ”Tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi qamkonligini tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan(Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 6 iyun` 2025 yil №25m/186-son xulosasi)bilan tasdiqlangan.Mazkur taklif Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 20 iyun 2025 yildagi №246-2-42-TV/2025-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat Kogon tuman tibbiyot birlashmasi 13.02.2025 yildagi №470-2-208-TV/2025.buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 7.10.2025 yil 26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik (temir, ferritin, transferrin, eruvchi transferrin reseptorlari) ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar sonidan kelib chiqib o‘rganish, diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qondagi ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar sonidan kelib chiqib o‘rganish, kasallik asoratlarini erta tashxislash, kasallik rivojlanishining oldini olish choralarini belgilagan, hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qondagi ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar sonidan kelib chiqib tahlil qilinganda ferrokinetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib olib borilgan patogenetik davo natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lishi o‘rtacha 7 kunga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 870400 so‘m, byudjetdan tashqari 446000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan.
 uchinchi ilmiy yangilik. H.pylori infeksiyasi fonida interleykin-6 va α-o‘sma nekroz omili(TNF-α) o‘sishi orqali gepsidin sekresiyasining ortishi va ferroportin blokadasiga olib keluvchi mexanizmlar tug‘ish yoshidagi ayollarda rezistent temir tanqisligi kamqonligi rivojlanishining asosiy patogenetik zvenosi ekanligi aniqlangan. Bu bo‘yicha”Tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi qamkonligini tashxislash va davolashni takomillashtirish”mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 6 iyun` 2025 yil №25m/186-son xulosasi)bilan tasdiqlangan.Mazkur taklif Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 20 iyun 2025 yildagi №246-2-42-TV/2025-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat Kogon tuman tibbiyot birlashmasi 13.02.2025 yildagi №470-2-208-TV/2025.buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 7.10.2025 yil 26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qonda ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruqlarning intergenetik oraliqlaridan kelib chiqib tahlil qilingan va ushbu korrelyasion bog‘liqlikni o‘rganish kasallikning erta davrida diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida kasallikning asoratlarni erta tashxislash, kasallikni rivojlanishining oldini olish choralarini belgilagan hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qondagi ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar oralig‘idan kelib chiqib tahlil qilinganda ferrokinetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib olib borilgan patogenetik davo natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lishi qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 812125 so‘m, byudjetdan tashqari 410000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida qondagi ferrokinetik ko‘rsatkichlarini tug‘ruklar oralig‘idan kelib chiqib tahlil qilinganda ferrokinetik ko‘rsatkichlar bilan tug‘riq oralig‘i o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida ishlab chiqilgan tashhisot mezonlaridan foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 1320400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonligini oldini olish va samarali davolashning indivudial algoritmi ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha ”Tug‘ish yoshidagi ayollarda H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi qamkonligini tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan(Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 6 iyun` 2025 yil №25m/186-son xulosasi)bilan tasdiqlangan.Mazkur taklif Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 20 iyun 2025 yildagi №246-2-42-TV/2025-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat Kogon tuman tibbiyot birlashmasi 13.02.2025 yildagi №470-2-208-TV/2025.buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq qilingan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 7.10.2025 yil 26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida yallig‘lanish sitokinlaridan α-o‘sma nekrozi omili ayollarda tug‘ruqlar sonidan kelib chiqib yuqori ishonchli (r<0.001) salbiy tomonga o‘zgarishi asoslangan va oldini olish tadbirlari takomillashtirishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida yallig‘lanish sitokinlaridan α-o‘sma nekrozi omili ayollarda tug‘ruqlar sonidan kelib chiqib taxlil qilinganda kasallikning rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1550000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ish yoshidagi H.pylori bilan assotsirlangan temir tanqisligi kamqonliklarida yallig‘lanish sitokinlaridan α-o‘sma nekrozi omili ayollarda tug‘ruqlar soniga e’tibor berish o‘z navbatida kasallik asoratlar rivojlanishini oldini olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish