Ziyakulova Shaxnoza Abdirasulovnaning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dastlab integrallash metodining diskret varianti va uning poligarmonik tenglamalarni echishga tadbiqi», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1145. 
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdullo Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudoyberganov Mirzoali O‘razalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi birjinslimas poligarmonik (garmonik, bigarmonik, uch karra garmonik) tenglamalarni sonli echishga dastlab integrallash metodining diskret variantini tadbiq etish, echish algoritmini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dastlab integrallash metodining diskret varianti bilan birjinslimas poligarmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni sonli echishga qo‘llaniladigan sinov funksiyalari topilgan;
dastlab integrallash metodining diskret varianti bilan birjinslimas poligarmonik tenglamalar uchun qo‘yilgan chegaraviy masalalarni echishda Chebishev ko‘phadlari qatori noma’lum koeffisientlariga nisbatan chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi olingan;
garmonik, bigarmonik, uch karra garmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni echishda qo‘llaniladigan dastlab integrallash metodidagi diskret integrallash rekurrent formulalarining o‘rinli ekanligi nazariy jihatdan isbotlangan;
garmonik, bigarmonik, uch karra garmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni sonli echishga mo‘ljallangan diskret algoritmlar qurilgan;
garmonik, bigarmonik, uch karra garmonik tenglamalarning taqribiy echimlaridagi noma’lum koeffisientlar diskret algoritmlar yordamida yuqori aniqlikda topilgan;
garmonik, bigarmonik, uch karra garmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarning taqribiy echimlari dastlab integrallash metodining diskret varianti yordamida iteratsiyalar bajarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita), o‘ta samarali va yuqori aniqlikda hisoblangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Birjinslimas garmonik tenglama uchun chegaraviy masala bilan tavsiflanuvchi yupqa plastinkalarning egilishini hisoblash va birjinslimas bigarmonik tenglama uchun chegaraviy masalalar tabiatini aks ettiruvchi temir beton plitalarning egilishini hisoblash masalasini sonli echishda qo‘llanilgan dastlab integrallash metodining diskret varianti, uning algoritmi va dasturiy ta’minoti asosida: 
garmonik tenglama bilan tavsiflanadigan yupqa plastinkaning egilishi muammosini hisoblash uchun qurilgan dastlab integrallash metodining diskret varianti algoritmi va dasturiy ta’minotidan №IL-21071166 raqamli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” fundamental loyihasida murakkab tizimlarda hosil bo‘ladigan statsionar jarayonlarning matematik modellarini qurishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘razboev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti 2025-yil 16 sentyabrdagi 1121-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yupqa plastinkalarning tekis taqsimlangan kuchlar ta’sirida egilishini kompyuter oraqali loyihalashtirishda hosil bo‘ladigan statsionar jarayonlarning matematik modellarini qurishga imkon bergan;
bigarmonik tenglama bilan tavsiflanadigan temir-beton plitalarning egilishi muammosini tatqiq etishda dastlab integrallash metodi algoritmi va dasturiy ta’minotidan № IL-5321091543 raqamli “Gaz tarmoqlarining topologik modelini yaratish va simulyasiya qilish” mavzusidagi fundamental loyihada bigarmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalar bilan tavsiflanadigan temir-beton plitalarning egilishini hisoblashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 6 oktyabrdagi 3135/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bigarmonik tenglamalar uchun chegaraviy masalalar bilan tavsiflanuvchi temir-beton plitalarning tekis yoki o‘zgaruvchan yuk ta’sirida egilishini sonli hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish