Kasimova Firuza Ulug‘bekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Garmonik va tasodifiy qo‘zgʻalishlarda tebranishlardan himoyalanuvchi ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan sterjenlarning dinamikasi” (Dinamika vibrozashhishhaemix sterjney peremennogo poperechnogo secheniya pri garmonicheskix i sluchaynix vozdeystviyax) 01.02.01-Nazariy mexanika (fizika matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM961 
Ilmiy rahbar: Dusmatov Olimjon Musurmonovich fizika - matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibrohimovich – Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oliy matematika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ruzmatov Maksud Israilovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zekiston Milliy Universiiteti “Mexanika va matematik modellashtirish” kafedrasi dotsenti, fizika –matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan nomukammal elastik sterjenlarning elastik dempferlovchi elementlari gisterezis tipidagi dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarini matematik modellashtirish, tebranishlarni so‘ndirish effektivligini baholash va ustuvorligini tekshirish metodikalari va sonli hisoblashlar algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi nomukammal elastik ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan sterjenlarning va ularning elastik dempferlovchi elementlari gizterezis tipidagi dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarini matematik modellari ishlab chiqilgan;
sterjenlarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi chiziqlimas garmonik kinematik tebranishlarida uzatish funksiyasini, tasodifiy tebranishlarida ko‘chishlari va absolyut tezlanishlarining o‘rtacha kvadratik qiymatlari ifodalarini analitik aniqlash metodikalari takomillashtirilgan va asoslab berilgan;
sterjenlarning kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi ko‘ndalang tebranishlarini so‘ndirishda dinamik so‘ndirgichlarning effektivligini baholashda sonli echishning uslubiyati va konstruktiv parametrlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan nomukammal elastik sterjenlarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini ustuvorlik shartlari aniqlangan, ustuvorlik chegaralari va sohalarini sonli aniqlashning uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlarda tebranishlardan himoyalanuvchi ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan sterjenlarning dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
garmonik kinematik va tasodifiy tebranishlar ta’siridagi transport vositalarining bir uchi qistirib mahkamlangan, ikkinchi uchi erkin bo‘lgan sterjenlar shaklidagi qismlarining materiallardagi chiziqlimas dempferlash xarakteristikalarini hisobga olgan tebranishlarini chastotalarning keng diapazonida pasaytirish metodikasi va algoritmidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Tramvay liniyalarini ekspluatatstya qilish direksryasi” davlat korxonasida transport vositalarining sterjenlar shaklidagi qismlari tebranishlarini matematik modelini ishlab chiqishda va dinamikasini baholashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 26.06.2025 yildagi №04/6854 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, garmonik kinematik qo‘zg‘alishlarda dinamik so‘ndirgichlarni qo‘llash orqali bir uchi qistirib mahkamlangan, ikkinchi uchi erkin bo‘lgan sterjenlar shaklidagi qismlarning zararli tebranishlarni 1.2 martadan 2.6 martagacha kamaytirishga erishilgan.
gisterezis tipidagi chiziqlimas dissipativ xarakteristikali tebranishlardan himoyalanuvchi sterjenlarni matematik modellashtirish, masalalarni echish metodikalari va sonli echish algoritmi davlat dasturlari doirasida 2021-2023 yillarda Andijon davlat texnika istitutida bajarilgan UZB-IND 2021-85 “Nano-termoplast (polipropilen), reaktoplast (epoksid smolasi asosida), nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik hamda tribologik xossalarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (Andijon davlat texnika istitutining 29.11.2025 yildagi № 01-03-3751 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozit materialli konstruksiya elementlarining dinamikasini tekshirish va sonli tahlil etish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish