Abduvaxobova Saboxatxon Abdumavlanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida elon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ekstremal sharoitlarda sovuqdan himoyalanish uchun quyon junidan maxsus kiyim ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.06.04 –«Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2 PhD/T5714.
Ilmiy rahbar: Kamilova Xolida Xafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSC.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Harbiy xizmatchilar uchun issiq saqlovchi xususiyati yahshilangan qulay maxsus kiyimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstremal sharoitlarda sovuqdan himoya qiluvchi harbiy xizmatchilar maxsus kiyimi paketi uchun quyon jun-mo‘yi qo‘llanilgan noto‘qima material ishlab chiqilgan va uning tarkibi asoslangan;
harbiy xizmatchilar qishki kiyimi paketida qo‘llash uchun mo‘ljallangan quyon- mo‘yi va poliefir aralashmali noto‘qima material ishlab chiqish usuli takomillashtirilgan;
ekstremal sharoitlarda sovuqdan himoya qiluvchi harbiy xizmatchilarning maxsus kiyimida quyon-mo‘yi va poliefir aralashmali noto‘qima material qo‘llanilgan kiyim paketi uchun oqilona qo‘shimcha qiymati aniqlangan;
ekstremal sharoitlarda sovuqdan himoyalovchi harbiy xizmatchilarning maxsus kiyimi sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni oqilona parametrlari o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari to‘la omilli tajriba usuli yordamida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ekstremal sharoitlarda sovuqdan himoyalovchi harbiy xizmatchilarning maxsus qishki kiyimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus qishki kiyim texnik hujjatlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi «IDEAL TEKSTIL ORZU» MChJ tikuv korxonasida joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 20 noyabr № 02/06-2721 ma’lumotnomasi). Natijada, qishki maxsus kiyimi komplektini va tayyorlash texnologiyasini joriy etish, xomashyo sarfini kamaytirish evaziga kiyim tannarxini 6,3 % kamaytirishga imkoniyati yaratilgan.