Sodiqov Mirziyo Odiljon o‘g‘ilining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Enhancement of digital advertising in tourism industry development (Turizm sohasini rivojlantirishda raqamli reklamadan foydalanishni takomillashtirish)”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3941
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Adham Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01 
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li., iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Odilov Akmal Odilovich., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish maqsadida raqamli reklama vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli reklama” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik bozorda talab va taklifni algoritmik tarzda moslashtiruvchi, segmentatsiyalangan narx belgilash, personallashtirilgan takliflar, ko‘p tomonlama platformalar iqtisodiyoti va tarmoqli samaralar orqali reklama byudjetlarini riskka moslashgan, ko‘p mezonli optimallashtirishga xizmat qiluvchi raqamli bozor mexanizmi sifatida takomillashtirilgan;
turizm subektlari, raqamli kanallar va davlat turistik idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni birlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, maqsadli segmentatsiya, qayta maqsadga yo‘naltirish, dasturiy sotuv va A/B testlar orqali boshqariladigan yagona ekotizim ko‘rinishida shakllantirish orqali raqamli reklamani turistlar oqimini segmentlar kesimida boshqarish va prognozlash vositasiga aylantirish taklifi asoslangan;
turizm sohasidagi raqamli brend, vizual obraz, hikoyalash va foydalanuvchi kontentning tizimli tashkil etilishi orqali blogerlar, inflyuenserlar, mahalliy aholi, kichik biznes va rasmiy turizm idoralarining o‘zaro bog‘langan “kontent klasteri” asosida barqaror ishlaydigan raqamli brend ekotizimini yaratish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm sohasida reklama bozorining to‘liq raqamli formatga o‘tishi, investisiyalarning dinamikasi va dasturiy texnologiyalarning evolyusiyasi hisobga olingan holda trend tahliliga asoslangan raqamli reklamani rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda raqamli reklama vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli reklama” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turistik bozorda talab va taklifni algoritmik tarzda moslashtiruvchi, segmentatsiyalangan narx belgilash, personallashtirilgan takliflar, ko‘p tomonlama platformalar iqtisodiyoti va tarmoqli samaralar orqali reklama byudjetlarini riskka moslashgan, ko‘p mezonli optimallashtirishga xizmat qiluvchi raqamli bozor mexanizmi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Promotion of Tourist Destinations” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 15-maydagi 194-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarda zamonaviy raqamli marketing metodikasi bo‘yicha tushunchalarni o‘qitishda foydalanish imkoni yaratilgan;
turizm subektlari, raqamli kanallar va davlat turistik idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni birlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, maqsadli segmentatsiya, qayta maqsadga yo‘naltirish, dasturiy sotuv va A/B testlar orqali boshqariladigan yagona ekotizim ko‘rinishida shakllantirish orqali raqamli reklamani turistlar oqimini segmentlar kesimida boshqarish va prognozlash vositasiga aylantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish va ichki turizmni yanada faol rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 15-yanvardagi 03-17/477-son -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida regressiya modeli yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi faollik, raqamli platformalarning samaradorligi va yosh ko‘rsatkichi reklama samaradorligi ustida muhim omillar sifatida raqamli platformalarning samaradorligi (p < 0,001) va yosh segmenti (p < 0,01) reklama natijalarini belgilash, yosh auditoriyaga moslashtirilgan yangi kontent strategiyalari ishlab chiqilib, uchta yirik operator CTR (Click-Through Rate) ko‘rsatkichining o‘rtacha 18% ga, CPA (Cost Per Action) ning esa 12% ga yaxshilanishiga olib kelgan, natijada turizm sohasida raqamli reklamaning amaliy tatbiq natijalari yanada mustahkamlanishi ilmiy asoslangan;
turizm sohasidagi raqamli brend, vizual obraz, hikoyalash va foydalanuvchi kontentning tizimli tashkil etilishi orqali blogerlar, inflyuenserlar, mahalliy aholi, kichik biznes va rasmiy turizm idoralarining o‘zaro bog‘langan “kontent klasteri” asosida barqaror ishlaydigan raqamli brend ekotizimini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli “2025–2026-yillarda turizm xizmatlari hajmini tezkor kengaytirish va turistlar oqimini tubdan oshirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 15-yanvardagi 03-17/477-son -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli media, virtual ko‘rgazmalar va onlayn platformalardan milliy madaniy mahsulotlar va turistik resurslarni targ‘ib qilishda foydalanish imkoni yaratilgan
O‘zbekistonda turizm sohasida reklama bozorining to‘liq raqamli formatga o‘tishi, investisiyalarning dinamikasi va dasturiy texnologiyalarning evolyusiyasi hisobga olingan holda trend tahliliga asoslangan raqamli reklamani rivojlantirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 15-yanvardagi 03-17/477-son -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Digital = Total” trend-prognoz modeli ishlab chiqilib, ushbu model orqali turizm bozorida reklama investisiyalarining o‘sishi lineer-eksponent kombinatsiyasi orqali modellashtirilib, bu esa investorlar, turizm kompaniyalari va davlat organlariga strategik qarorlar qabul qilish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish