Djumaniyazova Nargiza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment”  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD.Ped2788
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha talim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djumaevna - pedagogika fanlari doktori, professor; Kalmuratov Temur Negmatullaevich - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmni nazariy jihatdan tadqiq etish, uning samaradorligini amaliyotda baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining “menejerlik kompetensiyasi” tushunchasi boshqaruvdagi ierarxik munosabatlarga asoslanib boshqaruv faoliyatidagi strategik fikrlash, innovatsion qaror qabul qilish, kommunikativ madaniyat, jamoani motivlashtirishning integrativ komponentlarini kodifikatsiyalovchi kategoriya sifatida dalillangan;
rahbarning boshqaruv faoliyatida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning samaradorlik modeli boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda liderlik salohiyati muhim determinant ekanligiga asoslanib gorizontal va vertikal ierarxiyadagi sintonik muloqot negizida motivatsion-blokli strategik qaror algoritmini ishlab chiqish orqali  takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi liderlik sifatlarini strategik tafakkurga bog‘liq shakllanishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra boshqaruv funksiyalari va innovatsion menejment kognitiv venchur kapital komponentlarining motivatsion-kollabrativ uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi rahbar va xodimlar o‘rtasida motivatsiya va jamoaviy muloqotning sintonik darajada uyg‘unlashuvi muhimligiga ko‘ra fasilitativ boshqaruv strategiyalarining refleksiv modulyasiyasi orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmni nazariy jihatdan tadqiq etish, uning samaradorligini amaliyotda baholash va takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining “menejerlik kompetensiyasi” tushunchasi boshqaruvdagi ierarxik munosabatlarga asoslanib boshqaruv faoliyatidagi strategik fikrlash, innovatsion qaror qabul qilish, kommunikativ madaniyat, jamoani motivlashtirishning integrativ komponentlarini kodifikatsiyalvchi kategoriya sifatida dalillash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavfsiyalardan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli 24 soatlik maxsus o‘quv kursi ishlab chiqildi. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-33-3159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kursning mazmuni va metodik yondashuvlari nazarda tutilgan integrativ komponentlar (strategik fikrlash, innovatsion qaror qabul qilish, kommunikativ madaniyat, jamoani motivlashtirish) asosida shakllantirildi. 
rahbarning boshqaruv faoliyatida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning samaradorlik modeli boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda liderlik salohiyati muhim determinant ekanligiga asoslanib gorizontal va vertikal ierarxiyadagi sintonik muloqot negizida motivatsion-blokli strategik qaror algoritmi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan “Motivatsion-blokli strategik qaror algoritmi asosida trening-modulli dastur” ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan № DGU 20258125 raqamli mualliflik guvohnomasi), (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-33-3159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini tayyorlash tizimiga kiritildi va muvaffaqiyatli qo‘llanildi.
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi liderlik sifatlarini strategik tafakkurga bog‘liq shakllanishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra boshqaruv funksiyalari va innovatsion menejment kognitiv venchur kapital komponentlarining motivatsion-kollabrativ uyg‘unlashuvi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavfsiyalardan metodika diagnostik vositalar (test sinovlari, so‘rovnomalar, pedagogik kuzatuvlar) ishlab chiqildi. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-33-3159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada metodikani qo‘llash direktorlarning kommunikativ salohiyati, strategik fikrlash qobiliyati, innovatsion qaror qabul qilish ko‘nikmasi va jamoani boshqarish mahoratini sezilarli darajada oshirdi. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining menejerlik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi rahbar va xodimlar o‘rtasida motivatsiya va jamoaviy muloqotning sintonik darajada uyg‘unlashuvi muhimligiga ko‘ra fasilitativ boshqaruv strategiyalarining refleksiv modulyasiyasi orqali oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” va “Maktabgacha ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqildi. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-33-3159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarning axborot-kommunikativ kompetensiyalari rivojlantirildi va boshqaruv sifati yaxshilandi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish