Mirraximova Nargiza Mirzaxidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Brusellyozning turli klinik shakllarini rivojlanishining klinik-immunologik va genetik asoslari», 14.00.10– Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib306.

Ilmiy rahbar: Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy oponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotni maqsadi: brusellyozning turli klinik shakllarini rivojlanishining klinik-immunologik va genetik jihatlarini asoslashdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jigar, buyrak, bo‘g‘im xaltachasi, erkaklarda prostata bezi va ayollarda tuxumdonlar to‘qima antigenlariga maxsus, sezgirligi oshirilgan antigen bog‘lovchi limfotsitlarning kasallikni dinamikasida aniqlanishi, o‘tkazilgan davolashning samaradorligini ko‘rsatishi va uning kechishining bashoratlash mezoni bo‘lishi asoslangan;

bemorlarda ko‘pgina dorilarga chidamlilikning  S3435T genining polimorf genotiplarini tashuvchanlikni aniqlanishi, davolashda foydalaniladigan dori vositalarining samaradorligini baholashning mezoni ekanligi isbotlangan;

ilk marta brusellyoz infeksiyasining turli klinik shakllarini  rivojlanishi bilan  muayyan HLA gistomoslik antigeni va ularning A1V7 va A1V12 gaplotiplari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;

brusellyozning turli klinik shakllarini rivojlanishida antigen bog‘lovchi limfotsitlarning va dorilarga chidamlilikning S3435T genining polimorf genotiplarini tashuvchanlikni axamiyatiisbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Brusellyozning turli klinik shakllarini rivojlanishining klinik-immunologik va genetik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Brusellezda ichki a’zolarning shikastlanishini immunologik tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-d/150 ma’lumotnomasi) va amaliyotga tadbiq etilgan. Mazkur uslubiy qo‘llanma brusellezning  o‘tkir shaklida ichki a’zolarda rivojlanadigan patologik jarayonni erta tashxislash va  surunkali shaklini rivojlanishini oldini olish uchun antigenbog‘lovchi limfotsitlarning ahamiyatini aniqlashning imkonini  bergan;

brusellyozning tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy  izlanish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 1 maydagi «Bakteriologik, virusologik va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarida o‘tkaziladigan laboratoriya usul­larini takomillashtirish to‘g‘risida» gi 177−son buyrug‘ining 12-ilovasi (Brusellyoz kasalligining laboratoriya tashxisi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma) asosida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalariga joriy qilingan. Mazkur buyruq o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarida bemorlardan olingan patologik namunalarning brusellyozga nisbatan tekshiruv usullarini takomillashtirish imkonini bergan;

brusellezning o‘tkir shaklida bemorlar ichki a’zolarida rivojlanadigan patologik jarayonni erta tashxislash va  surunkali shakl rivojlanishini oldini olish uchun antigenbog‘lovchi limfotsitlarning aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Surxondaryo va Buxoro viloyatining yuqumli kasalliklar shifoxonasining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 martdagi 8n-z/39-son ma’lumotnomasi). Natijada, brusellez bilan kasallangan bemorlarning ko‘pgina a’zolarida rivojlanadigan patologik jarayonni erta tashxislash hisobiga kasallikning asoratlarini kamayishiga   imkoniyat  yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish