Suyunov Ilhom Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot kompetentligini rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Rahimov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay  Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini rivojlantirishning didaktik va metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning pedagogik mazmuni pedagogik ta’limda kasbiy nutq diagnostikasi uchun aksiologik, metamatnli va axborot-kommunikativ yondashuvlarni ta’limiy nutq faoliyatining kognitiv-operatsional mexanizmlariga adaptiv analitika tizimi asosida muvofiqlashtirish asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini rivojlantirish metodikasi axborot-kommunikativ faoliyatni integrativ asosda tashkil etishning amaliy mexanizmlarini interaktiv lingvotrenajyor dasturiga integratsiya qilish hamda korpusga asoslangan topshiriqlarni bosqichma-bosqich shakllantirishni ta’minlovchi modullar majmuasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning shakl va vositalari rolli muloqot ssenariylari to‘plamini talabalarning professional rivojlanish traektoriyasiga muvofiq funksional-diskursiv ko‘nikmalar uyg‘unligi asosida transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning universal modeli axborot-kommunikativ faoliyatni kognitiv-motivatsion asosda tashkil etish, metamatnli o‘qitish texnologiyalarini modul-spiral tartibida integratsiyalash va turli ta’lim sharoitiga moslashadigan kasbiy podkastlar seriyasini differensial-prognostik asosda tizimlashtirish yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Axborot kompetentligini rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik ta’limda kasbiy nutq diagnostikasi uchun aksiologik, metamatnli va axborot-kommunikativ yondashuvlarni ta’limiy nutq faoliyatining kognitiv-operatsional mexanizmlariga adaptiv analitika tizimi asosida muvofiqlashtirish asosida ochib berilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning pedagogik mazmuniga doir xulosalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi amaliyotga tatbiq etilgan (Guliston davlat universiteti 2023-yil 30-maydagi 71-sonli buyrug‘i asosida 71-12 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv-uslubiy va elektron ta’lim resursining pedagogik va ergonomik sifati oshgan;
axborot-kommunikativ faoliyatni integrativ asosda tashkil etishning amaliy mexanizmlarini interaktiv lingvotrenajyor dasturiga integratsiya qilish hamda korpusga asoslangan topshiriqlarni bosqichma-bosqich shakllantirishni ta’minlovchi modullar majmuasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomollashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/11-9374 son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarining qo‘shimcha ta’lim va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan;
rolli muloqot ssenariylari to‘plamini talabalarning professional rivojlanish traektoriyasiga muvofiq funksional-diskursiv ko‘nikmalar uyg‘unligi asosida transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning shakl va vositalari, axborot-kommunikativ faoliyatni kognitiv-motivatsion asosda tashkil etish, metamatnli o‘qitish texnologiyalarini modul-spiral tartibida integratsiyalash va turli ta’lim sharoitiga moslashadigan kasbiy podkastlar seriyasini differensial-prognostik asosda tizimlashtirish yordamida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nutqini takomillashtirishning universal modeli “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3714/04-sonli dalolatnomasi). Natijada,  talabalarda axborot kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy-metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish