Teshabaev Tulkin Zakirovichning

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi haqida guvohnoma: 01 № 011766. 25.03.2010 y.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt106.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sharifxo‘jaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi elektron ta’lim paradigmasiga (e-learning) o‘tishni hisobga olgan holda IT-texnologiyalardan foydalanishning kompleks holati va axborotlashtirish samaradorligini aks ettiruvchi integral ko‘rsatkichlar va shular asosida oliy ta’lim muassasalarini boshqarish tizimi samaradorligini baholash metodikasi takomillashtirilgan;

oliy ta’lim tizimini boshqarish sharoitida Klaster yondashuvi oliy ta’lim muassasalarining jahon reytingida (Times Higher Education, THE World University Rankings) o‘z o‘rnini aniqlashda hisobga olinadigan xalqaro raqobatdoshlikning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi omillardan maqsadli foydalanish asosida takomillashtirilgan;

oliy ta’lim muassasalarini reyting (indeks) yondashuvi asosida boshqarishi bo‘yicha o‘quv jarayoni monitoringi, statistik (shu jumladan, ochiq muloqot platformasi) ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, taqdim etish va tarqatish orqali oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning yagona axborot tizimi loyihasi asoslangan;

strategik maqsadlar asosida ichki innovatsion salohiyatni ta’lim jarayoniga to‘liq jalb etish, inson kapitali va tadbirkorlik yondashuvi (entrepreneurial university)ni rivojlantirgan holda raqamli ta’lim resurslarini shakllantirish va sohani samarali rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlari asoslangan;

axborotlashgan jamiyatning rivojlanish tendensiyalariga muvofiq ta’lim, ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasiga asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uslubiy yondashuvi davlat boshqaruvi takomillashuviga uyg‘un holda oliy ta’lim tizimining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yangi elektron ta’lim paradigmasiga (e-learning) o‘tishni hisobga olgan holda IT-texnologiyalardan foydalanishning kompleks holati va axborotlashtirish samaradorligini aks ettiruvchi integral ko‘rsatkichlar va shular asosida oliy ta’lim muassasalarini boshqarish tizimi samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 33-8/1224-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi o‘quv jarayonini boshqaruv samaradorligini va sifatini oshirishga hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida jami elektron resurslarni 114,7% ga, shu jumladan, elektron darsliklarni 113,5% ga, mul`timedia dasturlarini 115,2% ga va virtual stendlarni 114,2% ga oshirishga va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimi (lms.tuit.uz)ni joriy etishga imkon bergan;

oliy ta’lim tizimini boshqarish sharoitida Klaster yondashuvi oliy ta’lim muassasalarining jahon reytinggida (Times Higher Education, THE World University Rankings) o‘z o‘rnini aniqlashda hisobga olinadigan xalqaro raqobatdoshlikning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi omillardan maqsadli foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining innovatsion faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modellarini shakllantirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 05 fevraldagi 89-03-564-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini isloh qilish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, oliy ta’limni axborotlashtirish natijalarini prognoz qilish, oliy ta’lim muassasalarining IT-texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kuchli va zaif tomonlarini SWOT-tahlil qilish va professor-o‘qituvchilarning reytinggini baholash orqali ta’lim jarayonida raqamli resurslardan foydalanishni amalga oshirishga erishilgan;

oliy ta’lim muassasalarini reyting (indeks) yondashuvi asosida boshqarishi bo‘yicha o‘quv jarayoni monitoringi, statistik (shu jumladan, ochiq muloqot platformasi) ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, taqdim etish va tarqatish orqali oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning yagona axborot tizimi loyihasini asoslash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Oliy ta’lim tizimi Konsepsiyasi» loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 05 fevraldagi 89-03-564-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron hujjat aylanishini joriy etish va raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini tizimli va kompleks amalga oshirish asosida innovatsion jarayonlar boshqaruvining turli darajalari o‘rtasidagi vazifalarni aniq ajratish, bo‘ysunish va muvofiqlashtirish tizimini yaratish imkoniyatini bergan;

strategik maqsadlar asosida ichki innovatsion salohiyatni ta’lim jarayoniga to‘liq jalb etish, inson kapitali va tadbirkorlik yondashuvi (entrepreneurial university)ni rivojlantirgan holda raqamli ta’lim resurslarini shakllantirish va sohani samarali rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini asoslash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari professor-o‘qituvchilari tarkibini Scopus va Web of Science tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishidan, shuningdek ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishidan kelib chiqib, moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizomi», «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarmoq Dasturi», shuningdek Vazirlikning I yarim yillik ish rejasi tasdiqlangan 2019 yil 15 fevraldagi 54-F-son farmoyishini hamda «Kasb-hunar ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiga Vazirlik takliflarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 33-8/1224-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ichki innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimining mavjud raqobatbardosh jihatlarini yanada takomillashtirish maqsadida inson kapitalini rivojlantirish, tarmoq (network university), ijodiy (creative university) va tadbirkorlik yondashuv (entrepreneurial university) mexanizmlaridan foydalangan holda raqamli ta’lim resurslarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jarayonlarini boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;

axborotlashgan jamiyatning rivojlanish tendensiyalariga muvofiq ta’lim, ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasiga asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat boshqaruvi takomillashuviga uyg‘un holda oliy ta’lim tizimining o‘zaro bog‘liqligini aniqlashning uslubiy yondashuvlari oliy ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o‘rtasida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 05 fevraldagi 89-03-564-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tadbiq etilishi oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ta’lim tizimining iqtisodiyotni real sektor korxonalari bilan integratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish