Turgunov Diyor Sherbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Foydalanishdagi benzinli dvigatelli avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlarni aniqlash usulini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T4009
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Umerov Fikret Shevkat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi benzinli dvigatel elektron boshqaruv bloki ma’lumotlari yordamida foydalanishdagi benzinli dvigatelli avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlarni aniqlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
benzinli dvigatelning injektor klapanini ochiq turish vaqti asosida yonilg‘i sarfini hisoblash uslubi empirik-matematik tenglama orqali takomillashtirilgan;
matematik integratsiyalash usuli orqali avtomobilning elektron boshqaruv bloki ma’lumotlari bilan gaz analizator ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik asosida chiqindi gazlar tarkibidagi karbonat angidrid konsentratsiyasini integral baholash mezoni ishlab chiqilgan;
stexiometrik yonish jarayonidagi havoning ortiqlik koeffisientining qiymatlarini regression tahlili asosida chiqindi gazlar tarkibidagi karbonat angidrid miqdorini aniqlash matematik modeli ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalangan (sensor-matematik) yondashuv asosida uch komponentli katalizator bilan jihozlangan benzinli dvigatelli avtomobillarning o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanish rejimini inobatga olgan holda yo‘l birligiga to‘g‘ri keluvchi karbonat angidrid miqdorini aniqlash sinov usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Foydalanishdagi benzinli dvigatelli avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlarni aniqlash usulini takomillashtirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
benzinli dvigatelning injektor klapanini ochiq turish vaqti asosida yonilg‘i sarfini hisoblash uslubi Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 19-apreldagi 03-03/1-03/3-3791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, benzinli dvigatelli avtomobillarning yonilg‘i sarfini aniqlash jarayonidagi mehnat unumdorligi 9-10 baravar oshishiga va sinov xarajatlari
5-6 baravar kamayishiga olib kelgan;
chiqindi gazlar tarkibidagi karbonat angidrid konsentratsiyasini integral baholash mezoni Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 19-apreldagi 03-03/1-03/3-3791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektron boshqaruv bloki ma’lumotlari asosida turli o‘zgarmas tezliklarda chiqindi gazlar tarkibidagi karbonat angidrid miqdorini 95% aniqlik bilan aniqlash imkonini bergan;
chiqindi gazlar tarkibidagi karbonat angidrid miqdorini aniqlash matematik modeli Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 19-apreldagi 03-03/1-03/3-3791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dvigatelning turli ish rejimlarida avtomobildan chiqadigan karbonat angidrid miqdori qiymatini aniqlik darajasini 3,7 foizga yaxshilashga erishilgan;
yo‘l birligiga to‘g‘ri keluvchi karbonat angidrid miqdorini aniqlash sinov usuli Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazirlikning 2025-yil 19-apreldagi 03-03/1-03/3-3791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, real harakat sharoitida foydalanishdagi benzinli dvigatelli avtomobillarning o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanish rejimida yo‘l birligiga to‘g‘ri keluvchi karbonat angidrid miqdorini aniqlash imkonini bergan.