Jumaniyozov Feruzbek Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yashil iqtisodiyotni shakllantirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5515.
Ilmiy rahbar: Cho‘ponov San’at Otanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Ro‘zmetova Gulira’no Atabekovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yashil iqtisodiyotni shakllantirishning ahamiyati bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa barqaror iqtisodiy o‘sishiga atrof-muhit barqarorligi ES (Environmental Sustainability) va ijtimoiy barqarorlik SS (Social sustainability) omillarini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect), shuningdek yashil iqtisodiyot mexanizmlari GEM (Green Economic Mechanisms) omilini bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli taklif qilingan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy-ekologik jihatdan integrallashgan ko‘rsatkichlar algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda iqtisodiy faoliyat, biznes, startap, savdo va xizmatlar sohasida innovatsiyalarni joriy etish va tijoratlashtirish imkonini beruvchi “yashil iqtisodiy-innovatsion klaster”ni (Green Innovation Hub – Kwarezm) tashkil qilish modeli taklif qilingan;
mintaqada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yashil iqtisodiyotni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa barqaror iqtisodiy o‘sishiga atrof-muhit barqarorligi ES (Environmental Sustainability) va ijtimoiy barqarorlik SS (Social sustainability) omillarini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect), shuningdek yashil iqtisodiyot mexanizmlari GEM (Green Economic Mechanisms) omilini bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 5-dekabrdagi 7-5061-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mintaqa barqaror iqtisodiy o‘sishiga atrof – muhit barqarorligi va ijtimoiy barqarorlik omillarini bevosita ijobiy ta’siri hamda yashil iqtisodiyot mexanizmlari omilini esa bilvosita ijobiy ta’sirlarni shuningdek, ushbu ta’sirlar orqali yuqoridagi omillarning umumiy ta’sir darajalarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy-ekologik jihatdan integrallashgan ko‘rsatgichlar algoritmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 5-dekabrdagi 7-5061-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan baholash uslubiyati Xorazm viloyatida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy-ekologik samarasini ishonchli baholash imkonini bergan hamda yashil iqtisodiyot tamoyillarining institutsional ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda iqtisodiy faoliyat, biznes, startap, savdo va xizmatlar sohasida innovatsiyalarni joriy etish va tijoratlashtirish imkonini beruvchi “yashil iqtisodiy-innovatsion klaster”ni (Green Innovation Hub – Kwarezm) tashkil qilish modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 5-dekabrdagi 7-5061-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida bir tomondan oliy o‘quv yurtlari hamda texnikumlarda ekologik ta’lim yo‘nalishidagi “Green MBA”, “Green Finance”, “Sustainable Business”, “Yashil menejment”, “ESG moliya”, “Eko marketing” kurslarini tanlov asosida o‘qitishning maqsadga muvofiqligi asoslangan hamda malaka talabining mazmunan boyitilishiga erishilgan;
mintaqada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 5-dekabrdagi 7-5061-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2026-2030-yillar oralig‘ida mintaqada atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 1.16 marta kamayishi hamda mintaqa yalpi hududiy mahsulot hajmini 1.35 marta oshishi imkoniyati mavjudligini asoslash orqali mintaqada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish