Temirxanov Baxtiyar Utebaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Mustaqillik davrida Qoraqalpog‘iston ilm-fanining rivojlanishi (1991-2021 yy.)”,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1196.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Elmuratov Ikmatulla Gaybullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2021 yillarda Qoraqalpog‘istonda akademik va oliy ta’lim fanining tarixiy tajribasi va rivojlanish bosqichlarini ilmiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mustaqillikning dastlabki yillarida Qoraqalpog‘istonda mintaqaviy ilmiy-texnik siyosatni shakllantirishga kirishilganligi, keyinchalik ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, fan va texnikani rag‘batlantirishning umumiy mexanizmlarini ishlab chiqish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqalarini mustahkamlash asosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat ilmiy-texnik siyosatiga integratsiya qilinganligi asoslangan;
1990-chi yillari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi va amalga oshirilishi ta’lim va fan tizimini isloh qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash markazlarini mahalliylashtirish, fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarning ko‘payishiga, ilmiy faoliyatning faollashuviga va yoshlarning ilm-fanga oqib kelishiga olib kelganligi isbotlangan;
2000 yillar boshida O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatini optimallashtirish va amalga oshirilgan grant tizimiga o‘tish mavzuli ishlanmalarni, ayniqsa, fundamental tadqiqotlar sohasini moliyalashtirishning qisqarishiga, akademik fan tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarini qayta tashkil etishga va ilmiy-texnik xodimlar shtatining qisqarishiga olib kelganligi ta’kidlangan;
2017–2021 yillarda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish ilm-fan sohasidagi davlat siyosatining yangi bosqichi bo‘lib, buning natijasida jahon ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlari yaratilmoqda, O‘zbekiston olimlarining samarali ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati ilm-fan sohasining holati masalasiga doir nazariy yondashuvlarni takomillashtirish, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar ilmiy muassasalari hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoraqalpog‘istonning eng yangi tarixiga oid tadqiqotlar va mavzuga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron nashrlar, ma’ruzalarni boyitishga, shuningdek, respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida fan va ilmiy-tadqiqot faoliyati tarixi bo‘yicha yangi maxsus kurslarni ishlab chiqishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.  
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Dissertatsiyada bayon etilgan hamda ilk bor ilmiy muomalaga kiritilayotgan materiallar, taklif va xulosalardan Qoraqalpog‘iston fani tarixi bo‘yicha maxsus va umumlashtirilgan tadqiqotlar, turli darsliklar, ma’ruza mashg‘ulotlari tayyorlashda, shuningdek, iqtisodiyotning ilmtalab tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi idora va muassasalar faoliyatida foydalanish mumkin.
Tadqiqotda ilm-fan sohasida boshqaruvning yangi samarali shakllarini izlash talab etilayotgan hozirgi sharoitda barcha darajadagi ijro etuvchi va vakillik organlarining amaliy faoliyati uchun sohani rivojlantirish bo‘yicha nazariy tavsiyalar ilgari surilgan. Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarini joriy etish imkonini beruvchi tarixiy tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston ilm-fani tarixini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Qoraqalpog‘istonda mintaqaviy ilmiy-texnik siyosatni shakllantirishga kirishilganligi, keyinchalik ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, fan va texnikani rag‘batlantirishning umumiy mexanizmlarini ishlab chiqish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqalarini mustahkamlash asosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat ilmiy-texnik siyosatiga integratsiya qilinishi haqida xulosa va ma’lumotlardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020 yillari bajarilgan “Qaroqalpog‘iston jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalarning transformatsiyasi: tarix va amaliyot” PZ-20170915198-sonli amaliy loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpog‘iston Gumanitar Fanlar Ilmiy-tadqiqot institutining  2025 yil 29 apreldagi 248/1-sonli ma’lumotnomasi). O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston ilm-fanining rivojlanishi tarixiga oid masalalarni o‘rganishda amaliy manba sifatida foydalanildi;
Dissertatsiyada keltirilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va amalga oshirilishi ta’lim va fan tizimini isloh qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash markazlarini mahalliylashtirish, fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarning ko‘payishiga, ilmiy faoliyatning faollashuviga va yoshlarning ilm-fanga oqib kelishi xaqidagi fikr-mulohazalar Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi instituti Qaroqalpog‘iston filiali A1-XT-0-92997 rakamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari”  mavzusidagi amaliy loyixasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi instituti Qaroqalpog‘iston filialining 2025 yil 16 maydagi 217-sonli ma’lumotnomasi);
2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish ilm-fan sohasidagi davlat siyosatining yangi bosqichi bo‘lib, buning natijasida ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlari yaratilmoqda, O‘zbekiston olimlarining samarali ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar shakllantirilishiga oid ilmiy xulosalar va natijalar Qaraqalpaqstan Respublikasi teleradiokompaniyasining ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlari va eshittirishlari orqali o‘zatilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasi teleradiokanali davlat mahkamasining 2025 yil 7 maydagi 05-22/277-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari axoliga ob’ektiv ma’lumotlar etkazilib, ilm-fan rivojlanishining targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan;
Dissertant 2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘tkazilgan “Qoraqalpog‘iston hududidagi madaniy merosni tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada “Mustaqillikning dastlabki yillarida Qoraqalpog‘istonda ilm-fan tarixidan” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etgan bo‘lsa, 2023 yilda “Buyuk Ipak yo‘li va Janubiy Orolbo‘yi arxeologiyasi sohasidagi tadqiqotlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada “Mustaqillik yillarida Don va don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi tarixidan” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 16.04.2025 yildagi №193-son ma’lumotnomasi). Muzey xodimlariga o‘z ekspozisiyalari va kolleksiyalaridagi ilmiy adabiyotlar va qo‘lyozmalarning jozibadorligini oshirish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar e’tiborini qanday jalb qilish haqida ilmiy maslahatlar berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish