Otajonov Elyor Axadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Ma’muriy islohotlar va ularning jamiyatni transformatsiyalashdagi roli (milliy va Sharq mamlakatlari tajribalari tahlili)” 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss404
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istqibolli kadrlarni tayyorlash institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02
Rasmiy opponentlar:
Adilxodjaeva Surayyo Mahkamovna yuridik fanlar doktori, professor.
Berdiev Bektosh Oxnorovich siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), Dosent.
Yetakchi tashkilot: Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ma’muriy islohotlar va ularning jamiyatni transformatsiyalashdagi roli (milliy va Sharq mamlakatlari tajribalari tahlili) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Globallashuv, raqamlashtirish va ochiqlik siyosati tendensiyasi ortib borish sharoitida davlatlarning boshqaruv tizimlarini muntazam ravishda modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirib borishi, hamda bu orqali markaziy hokimiyat vakolatlarini quyi organlarga topshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini boshqaruvga jalb etish, “davlat xizmatlari xalq uchun” tamoyili asosida tashkil etishni ko‘zda tutuvchi yondashuvlar “New public management”, “Remobilized Government” va “Governance” kabi nazariy konsepsiyalar asosida isbotlangan;
O‘zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida ma’muriy islohotlar davlat va jamiyat hayotini tubdan yangilash, mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini soddalashtirish, vakolatlarni hududlarga o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurash hamda “elektron hukumat” tizimini keng joriy etilayotganligi, shuningdek, davlat xizmatlarini xalq manfaatlari uchun qaratilayotganligi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari” dasturi hamda “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” asosida amalga oshirilayotgani dalillangan.
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib xorijiy sharq mamlakatlarida ma’muriy islohotlarning izchil, tezkor va davlat tashabbusi bilan olib borilishi samarali natijalarga erishishda muhim omil bo‘lgani, xususan Xitoyning amalga oshirilayotgan ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar orqali elektron tizimlarni joriy etish, investisiyalarni jalb qilish va eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot orqali jadal modernizatsiya amalga oshirilayotganligi “Yangi davlat menejmenti” hamda “Elektron hukumat” modellariga ko‘ra isbotlangan.
Xorijiy sharq mamlakatlari va milliy tajribalarini tahlil qilish asosida, demokratik institutlarni mustahkamlash, mahalliy boshqaruvni nomarkazlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid samarali yondashuvlar ishlab chiqish, hamda “O‘zbekiston 2030” strategiyasini ijrosini ta’minlash kabi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Yangi O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarni takomillashtirish, “Elektron hukumat” tizimini kengaytirish, “aqlli tartibga solish” va “ausorsing”, “kraudsorsing” kabi zamonaviy boshqaruv usullaridan keng foydalanish, KPI tizimini qo‘llash, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mobil ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’muriy islohotlar va ularning jamiyatni transformatsiyalashdagi rolini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
O‘zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida ma’muriy islohotlar davlat va jamiyat hayotini tubdan yangilash, mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini soddalashtirish, vakolatlarni hududlarga o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurash hamda “elektron hukumat” tizimini keng joriy etilayotganligi, shuningdek, davlat xizmatlarini xalq manfaatlari uchun qaratilayotganligi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari” dasturi hamda “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” asosida amalga oshirilayotgani borasidagi ilmiy xulosalaridan Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markaziningning 2026 yil 15 yanvardagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada islohotlarni milliy identitetni asragan holda amalga oshirishga doir yangi ilmiy yo‘nalishlar belgilab olindi, shuningdek, amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Globallashuv, raqamlashtirish va ochiqlik siyosati tendensiyasi ortib borish sharoitida davlatlarning boshqaruv tizimlarini muntazam ravishda modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirib borishi, hamda bu orqali markaziy hokimiyat vakolatlarini quyi organlarga topshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini boshqaruvga jalb etish, “davlat xizmatlari xalq uchun” tamoyili asosida tashkil etishni ko‘zda tutuvchi yondashuvlar “New public management”, “Remobilized Government” va “Governance” kabi nazariy konsepsiyalar asosida “Yuksalish” harakati ish faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” harakatining 2026-yil 14-yanvardagi 9/26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar “Yuksalish” harakati tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini ishlab chiqishda xizmat qilgan.
Xorijiy sharq mamlakatlari va milliy tajribalarini tahlil qilish asosida, demokratik institutlarni mustahkamlash, mahalliy boshqaruvni nomarkazlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid samarali yondashuvlar ishlab chiqish, hamda “O‘zbekiston 2030” strategiyasini ijrosini ta’minlash kabi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Yangi O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarni takomillashtirish, “Elektron hukumat” tizimini kengaytirish, “aqlli tartibga solish” va “ausorsing”, “kraudsorsing” kabi zamonaviy boshqaruv usullaridan keng foydalanish, KPI tizimini qo‘llash, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mobil ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish borasidagi ilmiy nazariy fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 05-01-21-5224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar Agentlik faoliyati doirasida chop etilgan tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib xorijiy sharq mamlakatlarida ma’muriy islohotlarning izchil, tezkor va davlat tashabbusi bilan olib borilishi samarali natijalarga erishishda muhim omil bo‘lgani, xususan Xitoyning amalga oshirilayotgan ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar orqali elektron tizimlarni joriy etish, investisiyalarni jalb qilish va eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot orqali jadal modernizatsiya amalga oshirilayotganligi “Yangi davlat menejmenti” hamda “Elektron hukumat” modellariga aniqlanib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan mexanizmlar sifatida ilmiy asoslanib, milliy boshqaruv tizimida demokratlashtirish jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan yangi qarashlarni shakllantirish va nazariy hamda amaliy asoslarni boyitishga oid takliflaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 30 sentyabrdagi 15 33/729-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning mazmuni boyib, tomoshabinlarda mavzu bo‘yicha aniq tasavvur paydo bo‘lgan.