Uralova Hilola Zokirkon qizi 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Engil avtomobil benzinli dvigatellarining ko‘rsatkichlarini gazli qo‘shimcha (kislorod, vodorod) berish orqali oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6034 Ilmiy rahbar: Qodirov Sarvar Muqaddirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich  , texnika fanlari doktori, professor; Kalaulov Saydulla  Aymaxanovich , texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil avtomobil benzinli dvigatellarining ko‘rsatkichlarini gazli qo‘shimcha (kislorod, vodorod) berish orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havo-benzin-vodorod aralashmasida ishlovchi engil avtomobil dvigateli uchun PID-algoritmga asoslangan avtomatik boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan va uning funksional-konstruktiv sxemasi takomillashtirilgan, bu dvigatel aylanish tezligi va yuk o‘zgarishiga  moslashishni ta'minlagan;
 kislorod-vodorod ulushi  va havo ortiqlik koeffisienti o‘zgarishini hisobga olgan holda engil avtomobil dvigatelining asosiy parametrlari quvvat, moment, yoqilg‘i sarfi, zararli chiqindilar orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi ko‘p omilli regression matematik modeli yaratilgan;
dvigatelning turli xil ishchi rejimlarida real vaqt rejimida havo-benzin-vodorod aralashmasining optimal tarkibini aniqlash uchun adaptiv algoritm ishlab chiqilgan, bu yoqilg‘i samarasini, zararli chiqindilarni esa kamaytirishga erishilgan;
stend sinov ma'lumotlari asosida vodorod qo‘shilishining dvigatel energetik-ekologik ko‘rsatkichlariga ta'sirini baholash uchun kompleks mezon tizimi ishlab chiqilgan va kislorod-vodorod ulushi maqbul tarkibli aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil avtomobil benzinli dvigatellarining ko‘rsatkichlarini gazli qo‘shimcha (kislorod, vodorod) berish orqali oshirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
havo-benzin-vodorod aralashmasida ishlovchi engil avtomobil dvigateli uchun ishlab chiqilgan PID-algoritmga asoslangan avtomatik boshqaruv tizimi va uning funksional-konstruktiv sxemasi “Meloplast” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, 19-sentyabr kundagi 4/E1300-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, dvigatel umumiy quvvati 4,3% oshdi;
vodorod ulushi va havo ortiqlik koeffisienti o‘zgarishini hisobga olgan holda engil avtomobil dvigatelining asosiy parametrlari orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi ko‘p omilli regression matematik modeli “127-sonli Avtotransport” MChJ da tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, 19-sentyabr kundagi 4/E1300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, HHO oqimi 0,0072 g/s va benzin sarfi 0,087 g/s bo‘lganda optimal yonish parametrlari prognozlash aniqligi 89% dan oshdi.
dvigatelning turli ish rejimlarida real vaqt rejimida havo-benzin-vodorod aralashmasining optimal tarkibini aniqlash uchun ishlab chiqilgan adaptiv algoritm “Meloplast” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, 19-sentyabr kundagi 4/E1300-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, dvigatel momentining 4-5% oshishi va yoqilg‘i samaradorligining 6,5%ga kamayib yaxshilanishi ta’minlandi;
vodorod qo‘shilishining dvigatel energetik-ekologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash uchun ishlab chiqilgan kompleks mezon tizimi va chiqindi gazlar bo‘yicha hisoblash metodikasi “127-sonli Avtotransport” MChJ da tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, 19-sentyabr kundagi 4/E1300-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, dvigatelidan chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi zararli komponentlar miqdori CO 40–50%, Ch 20–30%, NOx 15–25% gacha kamaydi va dvigatelning ekologik xavfsizligi sezilarli yaxshilandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish