G‘aniev Ilhom Dustnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tarmoq texnologiyalari kursini o‘qitishning integrativ-elektron metodik tizimini takomillashtirish, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped8000.
Ilmiy rahbar: Ergashev Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari  falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida tarmoq texnologiyalari kursini o‘qitishning integrativ-elektron metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ-elektron metodik tizimi vositasida Tarmoq texnologiyalari kursini o‘qitishning didaktik xususiyatlari lokal, mintaqaviy, global tarmoq filtratsiyasida talabalarning akademik faoliyatini yakka va frontal tashkil etishda geymifikatsiya funksiyalaridan real sintez rejimida foydalanish asosida aniqlangan;  
integrativ-elektron metodik tizimdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari SMART mezonlariga asoslangan aralash ta’lim shakllari (masofaviy, oflayn, mustaqil)ning konsentrik kombinatsiyalarini personal diagnostikada kiber xavfsizlik darajalariga ko‘ra raqamlashtirish asosida ochib berilgan; 
Tarmoq texnologiyalari kursini integrativ-elektron metodik tizim asosida o‘qitish modeli raqamli o‘qitishning konstruktivistik muhitida ma’lumotlar transformatsiyasini o‘zlashtirish sur’ati bo‘shliqlari bo‘yicha maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
Tarmoq texnologiyalari kursini integrativ-elektron metodik tizim asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti talabalarning kasbiy-raqamli ko‘nikmalarini intensiv rivojlantiruvchi “LearnNet” platformaga virtual laboratoriya topshiriqlarini passivlik monitoringi ustuvorligida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarmoq texnologiyalari kursini o‘qitishning integrativ-elektron metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
integrativ-elektron metodik tizimi vositasida Tarmoq texnologiyalari kursini o‘qitishning didaktik xususiyatlari lokal, mintaqaviy, global tarmoq filtratsiyasida talabalarning akademik faoliyatini yakka va frontal tashkil etishda geymifikatsiya funksiyalaridan real sintez rejimida foydalanishga oid tavsiyalari “Web dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537497-raqamli guvohnoma). Natijada, Tarmoq texnologiyalarini raqamli muhitda o‘qitishning mazmuniy, metodik va amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
integrativ-elektron metodik tizimdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari SMART mezonlariga asoslangan aralash ta’lim shakllari (masofaviy, oflayn, mustaqil)ning konsentrik kombinatsiyalarini personal diagnostikada kiber xavfsizlik darajalariga ko‘ra raqamlashtirishga oid tavsiyalari FZ-2016-09081165532 raqamli “Oliy taʼlimda raqamli o‘quv metodik komplekslarni yaratish va joriy etish metodikasi” loyihasining metodik mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 24-oktyabrdagi 408-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, raqamli o‘qitish metodikasini integrativ qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlarini va didaktik talablarini aniqlashga xizmat qilgan; 
Tarmoq texnologiyalari kursini integrativ-elektron metodik tizim asosida o‘qitish modeli raqamli o‘qitishning konstruktivistik muhitida ma’lumotlar transformatsiyasini o‘zlashtirish sur’ati bo‘shliqlari bo‘yicha maqbullashtirishga doir takliflari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Axborot texnologiyalari va kreativ industriya” bo‘yicha ko‘rgazma dasturlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi”ning 2025-yil 9-apreldagi 05-09-448-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli o‘qitish metodikasini integrativ qo‘llash metodlarining ommalashishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish