Umarov Eldor Do‘syarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash metodikasi” 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. PhD /Ped10433.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raxo‘jaev Muxammadazizxo‘ja Xalilxo‘ja o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent; Abdullaeva Gavxar Saparovna, pedagogika fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim faoliyatiini yo‘lga qo‘yish, bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash jarayonida ularning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini axborotlarni tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash, tayyor ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, informatsion ob’ektlarni yaratish ko‘nikmalari bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil faoliyati raqamlashtirishning tizimli- funksional modelini kognitiv komponenti kommunikativ, mustaqil faoliyatli, loyihaviy kabi metodik yondashuvlarga ustuvorlik berishga asoslangan kommunikativ trening, rolli o‘yinlar, vaziyatni tahlil qilish, loyiha metodi, keys singari interfaol metodlarga tatbiqan fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladigan o‘quv-bilish topshiriqlarini tizimli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv faoliyati, axborot bilan ishlash ko‘nikmalari dinamikasini oshirish metodikasi mazmuni talabalarni raqamli kontentni yaratishga o‘rgatish, muammoga echim topish, komandada ishlash, analitik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy savodxonlik turi hisoblangan dasturlashtirishni o‘rganish maqsadida ta’lim oluvchilarni raqamli texnologiyalar yordamida loyihalash, yaratish va o‘z-o‘zida aks ettirishga maqsadli yo‘naltirish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari individual ta’lim traektoriyasini maqbul tarzda tanlash, axborot kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali muammoga echim topish, “avtomatlashtirilgan intellektual jarayonlar” va “informatsion jarayonlarni o‘rganish” elementlarini o‘zida uyg‘unlashtiruvchi informatik fikrlashni kompyuting ta’limi bilan maqbul adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
mustaqil ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash jarayonida ularning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini axborotlarni tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash, tayyor ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, informatsion ob’ektlarni yaratish ko‘nikmalari bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlashga doir takliflardan “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyruq, № 142707 sonli ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda bilimlar bazasi bilan ishlash va mustaqil ta’limni shakllantiriladigan o‘quv faoliyati natijalarini loyihalashga xizmat qilgan; 
talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bo‘lajak logopedlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash jarayonida ularning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini axborotlarni tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash, tayyor ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, informatsion ob’ektlarni yaratish ko‘nikmalari bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlashga doir takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyruq, № 537343 sonli ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning axborot texnologiyalari va dasturiy vositalar orqali axborot bilan ishlash kompetensiyasini interfaol ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
talabalarning kognitiv faoliyati, axborot bilan ishlash ko‘nikmalari dinamikasini oshirish metodikasi mazmuni talabalarni raqamli kontentni yaratishga o‘rgatish, muammoga echim topish, komandada ishlash, analitik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy savodxonlik turi hisoblangan dasturlashtirishni o‘rganish maqsadida ta’lim oluvchilarni raqamli texnologiyalar yordamida loyihalash, yaratish va o‘z-o‘zida aks ettirishga maqsadli yo‘naltirish mantig‘iga ustuvorlik berishga doir va tavsiyalardan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (TATU Samarqand filiali 2025-yil 17-martdagi № 143/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda mobil ilova va uning dasturiy majmuasi talabalarning mustaqil ta’limini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish