Uluqov Behzod Karamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylar oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi kurash usullari”, 03.00.06 - Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V150
Ilmiy rahbar: Djabbarov Shuxrat Abdurajabovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning markaziy (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo) va markaziy-g‘arbiy (Buxoro va Navoiy) viloyatlaridagi qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlari (marshallagioz, nematodiroz va boshqa tur oshqozon ichak strongilyatozlar) turli qo‘y zotlari orasida tarqalishi hamda ularga qarshi kurashishda samarali, ekologik xavfsiz davolash usullarini ilmiy asosda ishlab chiqish va mahalliy sharoitga mos keluvchi qarshi kurash usullarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning markaziy va markaziy-g‘arbiy viloyatlarida turli sharoitda boqilayotgan qo‘ylar orasida oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan zararlanish 60,74 % ekanligi aniqlangan; 
tekshirilgan qo‘y zotlari bo‘yicha eng yuqori invaziyalanish bayad zotida (71,18 %), past daraja zararlanish esa hisori zotli qo‘ylarda (42,48 %) kechishi aniqlangan;
qo‘ylarning yoshi bo‘yicha oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan zararlanishiga ko‘ra, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan yosh qo‘ylar eng ko‘p ya’ni 66,36 % zararlanganligi aniqlangan;
olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida qo‘ylar oshqozon-ichak strangilaytozlariga qarshi muntazam qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarga nisbatan rezistentligi mavjudligi ilk bor aniqlangan;
oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi mahalliy sharoitga mos bo‘lgan va samarali qarshi kurash tadbirlari olib borilishi hisobiga qilingan 1 so‘m xarajat evaziga 7,61 so‘m iqtisodiy samara olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi kurash usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
qo‘ylar gelmintozlarining tarqalishi va davolash chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Respublikamizning markaziy (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo) va markaziy-g‘arbiy (Buxoro va Navoiy) viloyatlaridagi qo‘ychilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-779-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatlarini oldini olishga va yoqori terapevtik  samaradorlikka erishilgan;
muntazam qo‘llaniladigan antgelmint preparatga nisbatan rezistentlik ko‘rsatkichini aniqlash va baholash borasida laborator va ishlab chiqarish sharoitida Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Uchtepa Chorva Gold” MChJ ning qo‘ychilik xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-779-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotlar olib borilgan xo‘jaliklarda muntazam qo‘llanilayotgan antgelmint preparatga nisbatan oshqozon-ichak strongilyatlarida rezistentlik mavjudligini aniqlashga erishilgan;
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida mahalliy sharoitga mos, iqtisodiy samarali bo‘lgan qarshi kurashda oshqozon-ichak strangilyatlariga qarshi samarali miqdor va qo‘llash usuli Respublikamizning markaziy va markaziy-g‘arbiy viloyatlari xo‘jaliklaridagi 1350 bosh qo‘ylarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-779-son ma’lumotnomasi). Natijada oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi kurashda samarali preparat miqdori va qo‘llash usuli qo‘llanishi orqali qilingan 1 so‘m xarajat evaziga 7,61 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish