Toxirov Kozim Najim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofadan zondlash orqali degradatsiyaga uchragan yaylov erlar monitoringini yuritish usulini takomillashtirish”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1146
Ilmiy maslahatchi: Turaev Ruxiddin Amirqulovich, Texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Qurvantoev Raxmontoy, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jakeldiev Komil Nosirovich, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Masofadan zondlash orqali degradatsiyaga uchragan yaylov erlar monitoringini yuritish usulini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
degradatsiyaga uchragan yaylov erlar monitoringini yuritishda android platformalarda ishlash imkoniyatiga ega maxsus “DegraLand” mobil ilovasi ishlab chiqilgan va “DegraLand” mobil ilovasi yordamida 216 294 gektar yaylov er maydonida olib borilgan monitoring ma’lumotlarini baholangan;
Buxoro viloyati Jondor tumani A.Temur massivining degradatsiyaga uchragan yaylov er maydonlarining 1:10 000 masshtabli elektron raqamli xaritasi ishlab chiqilib, degradatsiyaga uchragan yaylov er maydonlarining aniq chegarasini belgilash hamda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos yaratilgan;
degradatsiyaga uchragan yaylov erlardan samarali foydalanish bo‘yicha “Masofadan zondlash orqali degradatsiyaga uchragan erlar monitoringini yuritish usulini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan;
iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan zamonaviy tayanch punktlari o‘rnatish natijasida degradatsiyaga uchragan yaylov er maydonlari hududini aniq belgilashga erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofadan zondlash orqali degradatsiyaga uchragan yaylov erlar monitoringini yuritish usulini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
Degradatsiyaga uchragan yaylov er maydonlarini belgilash va ularni muhofaza qilishda zamonaviy tayanch punktlar namunasi ishlab chiqilgan va Jondor tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tayanch punktlardan foydalanish orqali degradatsiyaga uchragan erlar monitoringini amalga oshirish tizimi yanada takomillashgan hamda yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan;
Buxoro viloyati Jondor tumani A.Temur massivining degradatsiyaga uchragan yaylov er maydonlarining 1:10 000 masshtabli elektron raqamli xaritasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur elektron xarita hududning geografik xususiyatlari va er resurslari to‘g‘risida aniq hamda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratib, degradatsiyaga uchragan erlarni tizimli ravishda monitoring qilish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirish hamda er resurslaridan oqilona va samarali foydalanish jarayonlarini tashkil etishda muhim axborot manbai sifatida xizmat qilgan;
degradatsiyaga uchragan yaylov erlar monitoringini yuritishda android platformalarda ishlash imkoniyatiga ega maxsus “DegraLand” mobil ilovasi ishlab chiqilgan va Buxoro viloyat qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov maydonlarining degradatsiyaga uchrash holatini vizual tarzda ko‘rish, tahlil qilish hamda kelgusida degradatsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan; 
masofadan zondlash orqali degradatsiyaga uchragan yaylov erlarini yo‘qlamadan o‘tkazish usuli takomillashtirilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, er maydonlarining aniq koordinatalarini belgilash, degradatsiya darajasini tezkor baholash hamda monitoring jarayonida olingan ma’lumotlarni yagona raqamli bazaga jamlash imkoniyati yaratilib, an’anaviy usullarga nisbatan vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirishga, ma’lumotlarning ishonchliligi hamda aniqligini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish