Achilova Gulmira Mardonovnaning

falsafa doktori (PhDdissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (1227–1370 yillar)”,  07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: V.2019.1.PhD/Tar 9.

Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Ablat, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori; Muxamedov Ne’matillo Asatullaevich, tarix fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Chig‘atoy ulusi davrida sodir bo‘lgan (1227–1370) siyosiy o‘zgarishlar, ma’muriy boshqaruv hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayot masalalarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

Chig‘atoy ulusi xonlariga nisbatan “ular Movarounnahrni idora qilishga deyarli aralashmasdan, mahalliy aholidan soliqlarni yig‘ish bilan chegaralangan” degan fikrning barcha davrlar uchun to‘g‘ri kelmasligi, jumladan, Ergena xotun, Muborakshoh va Baroqxon kabi hukmdorlarning davlat boshqaruvini bevosita o‘z qo‘llariga olishda muhim natijalarga erishganligi asoslab berilgan;

mo‘g‘ullarning “Yaso” qonunlari va islom dinining shariat qoidalari o‘rtasidagi tafovut Chig‘atoy xonlari va mahalliy aholi o‘rtasidagi ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarganligi, bunday ziddiyatli vaziyatlarni barqarorlashtirishda tasavvuf shayxlari katta rol` o‘ynaganligi  ko‘rsatib berilgan;

XIV asrning 40-yillariga kelib, Chig‘atoy ulusining G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linib ketishiga ikki tendensiya tarafdorlari, ya’ni o‘troq hayotga o‘tishni yoqlovchilar va ko‘chmanchilik an’analarini qattiq himoya qiluvchilar o‘rtasidagi bir asrdan ortiq davom etgan kurash sabab bo‘lganligi aniqlangan;

Markaziy Osiyo davlat boshqaruvida joriy etilgan “ulus tizimi” va oliy hukmdorni “oq kigizda xon ko‘tarish” marosimi orqali hokimiyatning legitimligini ta’minlash an’anasi turk-mo‘g‘ul amiri Qazag‘ondan boshlanganligi dalillab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti yuzasidanolingan ilmiy natijalar asosida:

Chig‘atoy ulusining tashkil topishi va bu davrda mintaqadagi siyosiy vaziyat, ulus hukmdorlarining qo‘shni davlatlar bilan diplomatik aloqalari va unda ishtirok etgan shaxslarning faoliyati, vazifalari xususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2015–2017 yillarda bajarilgan   I-1-FA-G003 IZ-2015-0907175446 raqamli “O‘zbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar” nomli amaliy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 3/1255-2593-son ma’lumotnoma). Natijada Chig‘atoy ulusi siyosiy hayotidagi o‘zgarishlarga Oltin O‘rda,  Xulagular va Yuan` davlati hukmdorlarining ta’siri qay darajada bo‘lganligini o‘rganish imkonini bergan;

XIV–XIX asrlar davomida o‘zbek davlatchiligi boshqaruvida mavjud bo‘lgan “ulus tizimi” va “hokimiyat legitimatsiyasi” tushunchalarining vujudga kelishida muhim rol` o‘ynagan amir Qazag‘on hukmronligining boshlanishi va Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelgunga qadar bo‘lgan davrdagi siyosiy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 2017 yilda Bobur xalqaro jamoat fondi tomonidan nashr qilingan “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”da foydalanilgan (Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining 2019 yil 28 fevraldagi 40-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Amir Temurning hokimiyatga kelguniga qadar bo‘lgan davrda yuzaga kelgan muhim o‘zgarishlarni tahlil qilishga xizmat qilgan;

 XIII–XIV asrlarda davlat boshqaruvi, bu tizimda yuzaga kelgan o‘zgarishlar, mahalliy sulola vakillarining viloyatlarni idora qilishdagi ishtiroki, soliq tizimi masalalari yuzasidan olingan ma’lumotlardan “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” darsligida foydalanilgan (Ro‘yxatga olish raqami 434-148). Ushbu darslik oliy o‘quv yurti talabalarining O‘zbekiston davlatchiligida davlat muassasalarining o‘rniga oid bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish