Sag‘dullaev Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini takomillashtirish yo‘llari” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.I.PhD/Iqt4931
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Olim Mamayunusovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich; iqtisodiyot fanlari doktori,dotsent  Axrorov Farxod Baxridinovich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida “davlat xizmatlari” kategoriyasi iqtisodiy qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan vazifa va majburiyatlari, aholining davlat xizmatlariga nisbatan talab-ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatni o‘zida aks ettirgan takomillashtirilgan ta’rifi ishlab chiqilgan;
hududlarda mavjud xizmat ko‘rsatish resurslar salohiyatidan kelib chiqqan holda davlat xizmatlari belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash asosida ruxsat etilgan yuklamani hisoblash, aholiga ta’sirni baholash va davlat xizmatlarining samarali ruxsat etilgan sig‘imlilik darajasini aniqlash maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatishni mahalliy, hududiy va respublika darajasida “davlat-xizmat ko‘rsatuvchi → aholi iste’molchi” tamoyili asosida iste’mol shakli, xususiyati va shartiga ko‘ra tasniflash tavsiya etilgan ;
xizmat ko‘rsatish sohasida natijaviy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqaruvchi logistik regressiya modeli yordamida davlat xizmatlari ko‘rsatishning davriy tebranishi fuqarolarning doimiy yashash joyi(bw=0.9344)omiliga juda yuqori, davlat xizmatlaridan foydalanish va tanlov imkoniyati ((bw=0.7008)) omiliga bog‘liqlik zichligi yuqori bo‘lishi asoslangan hamda hududlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning yashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan ;
davlat xizmatlarini samarali rivojlantirishning axborot-tahlilly bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi fuqarolarning shaxsiy ishtirokini qisqartirish “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtiradigan Muvofiqlashtiruvchi Kengashni tashkil etish borasda tavsiyalar hamda hududlarda davlat xizmatlari tizimini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlili asosida davlat xizmatlari hajmini o‘sishining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini takomillashtirish yo‘llariga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
Xizmat ko‘rsatish sohasida “davlat xizmatlari” kategoriyasi iqtisodiy qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan vazifa va majburiyatlari, aholining davlat xizmatlariga nisbatan talab-ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatni o‘zida aks ettirgan takomillashtirilgan ta’rifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqishda hamda Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan davlat korxonalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-dekabrdagi 05-33-14246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat xizmatlari tushunchasining mohiyatini ma’muriy hamda iqtisodiy konsepsiyaga ko‘ra aholi va va tashkilotlarga taqdim etiladigan nomoddiy tovar xususiyatiga iqtisodiy faoliyat turi sifatida uyg‘unlashtirishga, iqtisodiy tabiatini yanada yoritish imkon bergan.
Hududlarda mavjud xizmat ko‘rsatish resurslar salohiyatidan kelib chiqqan holda davlat xizmatlari belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash asosida ruxsat etilgan yuklamani hisoblash, aholiga ta’sirni baholash va davlat xizmatlarining samarali ruxsat etilgan sig‘imlilik darajasini aniqlash maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatishni mahalliy, hududiy va respublika darajasida “davlat-xizmat ko‘rsatuvchi → aholi iste’molchi” tamoyili asosida iste’mol shakli, xususiyati va shartiga ko‘ra tasniflash taklif qilingan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-dekabrdagi 05-33-14246-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan amaliyotda foydalanish bir tomondan davlat xizmatlari tushunchasining mohiyatini iqtisodiy mezonlar asosida ochib berishga xizmat qilgan, ikkinchi tomondan davlat, mahalliy boshqaruv organlari, mahalla tizimining biznes sub’ektlari va aholi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxlit ifodalash, aholiga davlat xizmatlarini mahalliy bepul, hududiy qisman pullik va respublika darajasida to‘liq pullik shaklda tashkil qilishning iqtisodiy jihatdan teng manfaatdorlikka erishishiga imkoniyat yaratgan.
xizmat ko‘rsatish sohasida natijaviy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqaruvchi logistik regressiya modeli yordamida davlat xizmatlari ko‘rsatishning davriy tebranishi fuqarolarning doimiy yashash joyi(bw=0.9344)omiliga juda yuqori, davlat xizmatlaridan foydalanish va tanlov imkoniyati ((bw=0.7008)) omiliga bog‘liqlik zichligi yuqori bo‘lishi asoslangan tavsiyalar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-dekabrdagi 05-33-14246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida bir tomondan fuqarolarning yashash joyiga bog‘liq holda davlat xizmatlari ko‘rsatishda qishloq va shahar omili, an’anaviy va “xizmatlar paket”i mahalla va fuqaro munosabatlari kabi latent omillarning ta’siri sezilarli ekanligini asoslantirish, mahalla tizimida “3-qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “paket va proaktiv” tamoyillariga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan aholining birinchi murojaati davomida xizmatlarni kompleks taqdim qilish orqali “xizmatlar paketi”ni yo‘lga qo‘yishga, talab tebranishini barqarorlashtirishga, davlat xizmatlari agentliklarining mavsumiy talab tebranishida ortiqcha yuklanishining oldini olishga imkon berdi.
Davlat xizmatlarini samarali rivojlantirishning axborot-tahlilly bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi fuqarolarning shaxsiy ishtirokini qisqartirish “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtiradigan Muvofiqlashtiruvchi Kengashni tashkil etish borasda tavsiyalar hamda hududlarada davlat xizmatlari turizmni samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlili asosida davlat xizmatlari hajmini o‘sishining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi tavsiyalar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-dekabrdagi 05-33-14246-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilmasini tashkil qilish asosida davlat xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, imkoniyati cheklangan fuqarolariga davlat xizmati ko‘rsatishni kengaytirish, mahalla tizimida raqobat muhitini yaratish, fuqarolarning o‘zlari yashab turgan hududni rivojlantirish bo‘yicha turli start-ap, innovatsion loyiha, kreativ g‘oyalarini hududiy doirada tatbiq etish imkoniyatini yartib berishga ko‘maklashish asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan va davlat xizmatlari hajmini o‘sishining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish