Zufarova Nodira Ibroxim qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daun sindromli bolalardagi salomatlik xolati xususiyatlariga, vitamin D va mikroelementlar statusi ta’siri bo‘yicha uslublar ishlab chiqish va korreksiyalashning o‘ziga xosligi”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tib4071.
Ilmiy raxbar: Ashurova Dilfuza Toshpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Daun sindromli bolalarda sog‘liq holati xususiyatlarini vitamin D ning darajasi va mikroelementlar statusini hisobga olgan holda o‘rganish hamda ularni korreksiya qilish bo‘yicha metodik yondashuvlarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Daun sindromi bo‘lgan bolalarda salomatlik holatining yomonlashuvi disgormonik jismoniy rivojlanish, rezistentlikning pasayishi va funksional holatning yomonlashuvi fonida kechishi, bularning barchasi yosh ortishi bilan kuchayib borishi isbotlangan;
    soch tarkibida hayot uchun muhim makro- va mikroelementlar tanqisligi aniqlanib, ularning suv-tuz almashinuvi, tayanch-harakat tizimi (o‘sishning sekinlashuvi ko‘rinishida), endokrin tizim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslandi xamda yod tanqisligi aqliy rivojlanishning buzilishiga olib kelishi va bolalarning hayot sifatini pasaytirishi isbotlangan;
    past D vitamini darajasi va yuqori S-reaktiv oksil (SRO) ko‘rsatkichlari orasidagi salbiy korrelyasiya (r=–0,756; P < 0,01) aniqlanib, D vitamini etishmovchiligini bartaraf etish tizimli yallig‘lanish reaksiyalari kuchini kamaytirishi va surunkali yallig‘lanish kasalliklari og‘irlashuvi ehtimolini pasaytirishi isbotlangan;
    sochning mikroelement tarkibi va periferik qonda D vitamini darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan korreksiya usuli Daun sindromi bo‘lgan bolalarning jismoniy va somatik xolatini yaxshilashi, hayot sifatini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Daun sindromli bolalardagi salomatlik xolati xususiyatlariga, vitamin D va mikroelementlar statusi ta’siri bo‘yicha uslublar ishlab chiqish va korreksiyalashning o‘ziga xosligi bo‘yicha olib borigan tadqiqotning ilmimy natijalariga ko‘ra:
    birinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatining pasayishi, funksional buzilishlar natijasida salomatlik holatining og‘irlashishi va yillar davomida kuchayishi aniqlangan, olingan ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 26.03.2025-yildagi №03/347-son "Daun sindromi bo‘lgan bolalarda salomatlik holati, mikroelementlar holati va vitamin D ni korreksiyalash usuli" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif U.Q. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi (2025-yil 04-apreldagi 43-sonli buyuruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 06-apreldagi 25/2-sonli buyuruq) buyuruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar Daun sindromi bo‘lgan bolalarning jismoniy va somatik holatini o‘z vaqtida tuzatishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: somatik holatning yaxshilanishi tufayli davolanish narxi pasayadi, bu esa o‘z navbatida shifokorga murojaatlar sonining kamayishiga olib keladi, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, 12 oylik kuzatuv davomida 1 bemor uchun 1599330 so‘mni tejaydi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda jismoniy rivojlanishning nomutanosibligi, rezistentlikning pasayishi va funksional holatining yomonlashuvi fonida salomatlik holatining yomonlashuvi bo‘yicha taklif etilgan yangi ma’lumotlar 12 oylik kuzatuv davomida 1599330 so‘mni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: mikronutriyent etishmovchiligi organizmning barcha tizimlarida buzilishlarga olib kelishi isbotlangan, masalan, temir, yod, ruh, magniy etishmovchiligi asab-ruhiy rivojlanishga ta’sir qiladi va shu bilan shakllanishning barcha bosqichlarining kechikishiga sabab bo‘ladi. Kal`siy, fosfor, magniy etishmovchiligi suyak-mushak patologiyasi, xususan, mushak distrofiyasi rivojlanishiga ta’sir qilib, bolaning umumiy ahvolini og‘irlashtiradi. Ruh, selen, temir, mis etishmovchiligi organizmning immun javob sifatini pasaytiradi, oksidlanish stress bilan murakkablashadi. Yod, ruh, selen etishmovchiligi endokrin tizimda buzilishlarga olib keladi: gipotireoz, intellektning pasayishi, gormonlar sekretsiyasi va metabolizmning buzilishi. Barcha tanqis holatlar hayot sifatining pasayishiga olib keladi, olingan ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 26.03.2025-yildagi 03/347-son "Daun sindromi bo‘lgan bolalarda salomatlik holati, mikroelementlar holati va D vitaminni korreksiyalash usuli" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif U.Q. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi (2025-yil 04-apreldagi 43-sonli buyuruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 06-apreldagi 25/2-sonli buyuruq) buyuruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar Daun sindromi bo‘lgan bolalarda mikroelementlar holatini erta korreksiyalashni o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi, bu esa bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar Daun sindromi bo‘lgan bolalarning mikroelement holatini yaxshilash usullarini tuzatishga, shu bilan bolalarning jismoniy va somatik holatini yaxshilashga, organizmning rezistentligini 45% ga kamaytirishga yordam beradi, bu esa ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma qoidalarini amalga oshirishda iqtisodiy samaradorlik 12 oylik kuzatuv davomida 1 bemor uchun 1599330 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarning mikroelement holati bo‘yicha taklif etilgan yangi ma’lumotlar ularning hayot sifatini yaxshilaydi va 12 oylik kuzatuv davomida 1599330 so‘mni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: vitamin D ning past darajasi va CROning yuqori ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyasion tahlil asosida (r=0,756; R<0,01) etishmovchilik diapazonidan D vitamini darajasini oshirish tizimli kuchsiz ifodalangan yallig‘lanishning pasayishiga olib kelishi va natijada surunkali to‘ldiruvchi kasalliklar xavfini yoki og‘irlik darajasini pasaytirishi mumkinligi ilmiy asoslangan bo‘lib, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 26.03.2025-yildagi 03/347-son "Daun sindromi bo‘lgan bolalarda salomatlik holatini, mikroelementlar holatini va D vitaminni tuzatish usuli" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif U.Q. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi (2025-yil 04-apreldagi 43-sonli buyuruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 06-apreldagi 25/2-sonli buyuruq) buyuruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitamin D etishmovchiligi diapazonida uning statusini yaxshilash Daun sindromi bo‘lgan bolalarda tizimli, engil darajada ifodalangan yallig‘lanishni kamaytirishi hamda yallig‘lanish komponentiga ega bo‘lgan surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini yoki ularning og‘irlik darajasini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar D vitamini darajasini tiklash usullarini tuzatishga yordam beradi, bu jismoniy va somatik holatni yaxshilashga, organizmning rezistentligini 45% ga kamaytirishga yordam beradi, bu esa ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma qoidalarini amalga oshirishda iqtisodiy samaradorlik 12 oylik kuzatuv davomida 1 bemor uchun 1599330 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda vitamin D ning past darajasi bilan CRO ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi taklif etilayotgan yangi korrelyasion tahlil ma’lumotlari erta korreksiya choralarini amalga oshirish hamda somatik kasalliklar rivojlanishining oldini olishga xizmat qiladi, bu esa o‘z navbatida bolalarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi bo‘lgan bolalarning somatik va jismoniy holatini korreksiyalash usullari ularning sochlarining mikroelement tarkibi va qondagi D vitamini darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ular jismoniy va somatik salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi va ularning umr ko‘rish davomiyligini uzaytiradi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 26.03.2025-yildagi 03/347-son "Daun sindromi bo‘lgan bolalarda salomatlik holati, mikroelement holati va D vitaminni korreksiya qilish usuli" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif U.Q. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi (2025-yil 04-apreldagi 43-sonli buyuruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 06-apreldagi 25/2-sonli buyuruq) buyuruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tanqislik diapazonida D vitamini holatini yaxshilash tizimli kuchsiz ifodalangan yallig‘lanishni kamaytirishi va Daun sindromi bo‘lgan bolalarda yallig‘lanish komponenti bo‘lgan surunkali kasalliklar xavfini yoki og‘irligini potensial kamaytirishi imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar somatik holatni yaxshilash orqali davolanish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida shifokorga murojaatlar sonining kamayishiga olib keladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma qoidalarini amalga oshirishda iqtisodiy samaradorlik 12 oylik kuzatuv davomida 1 bemor uchun 1599330 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda sog‘liq holatini, mikroelementlar statusini hamda vitamin D darajasini o‘z vaqtida korreksiyalash somatik kasalliklar rivojlanishining oldini olishga ta’sir ko‘rsatib, bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish