BABOMURADOV Ozod Jo‘raevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sust shakllangan jarayon va ob’ektlarni maqsadli monitoringida ma’lumotlarni intellektual tahlillash usullari va modifikatsiyalangan algoritmlarini ishlab chiqish», 05.01.02- Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T465
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuratov Tulkun Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor M.A.Raxmatullaev, texnika fanlari doktori, professor X.Z.Igamberdiev, texnika fanlari doktori, professor Sh.X.Raximov.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sust shakllangan jarayon va ob’ektlarni maqsadli monitoringida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi qaror muqobillarini ishlab chiqishda ma’lumotlarni intellektual tahlillash tizimlarini yaratishning usul, model va algoritmik-dasturiy ta’minotini noravshan to‘plamlar nazariyasi matematik apparati mexanizmi asosida ishlab chiqish va sust tuzilmali qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimlar tarkibida joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarorlar qabul qilishga ko‘maklashuvchi monitoring va intellektual tahlillash tizimlarini yaratishda noravshan modelni qurish uchun noravshan qoidalar bazasini shakllantirish usuli yaratilgan;
maqsadli monitoring va ma’lumotlarni intellektual tahlillash tizimlarini qurishda ma’lumotlarlarni mantiqiy-lingvistik aks ettirishning sust tuzilmali qaror qabul qilish strategiyasini qurishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
maqsadli monitoring va ma’lumotlarni intellektual tahlillash tizimlari qaror qabul qilishga ko‘maklashish mexanizmining samaradorligini oshirishda noravshan qoidalar bazasi parametrlarini sozlash uslubiyati, modifikatsiyalangan gradient usuli va markov modeli asosida yaratilgan;
sust shakllantirilgan masalalarda ma’lumotlarni intellektual tahlillash usul va modellari noravshan to‘plamlar nazariyasi ko‘rinishida ifodalangan;
maqsadli monitoringni amalga oshirishda noravshan modellarda maqbul strategiyani aniqlashda noravshan to‘plamlar nazariyasi apparatidan foydalanilgan holda rekurrent tenglamalar ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni intellektual tahlillash usullari va algoritmlari asosida monitoring hamda qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi intellektual tizimni yaratishning tamoyillari, mezonlari va talablari ishlab chiqilgan;
qaror qabul qilishda ma’lumotlarni intellektual tahlillashning tanlash, bashoratlash va tasniflashning noravshan to‘plamlar nazariyasi yondashuvli model va algoritmlari yaratilgan.
IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi:
«AKT-monitoring» avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ida, boshqaruv elementlarini avtomatlashtirish va sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayonlari monitoringini yuritishga, boshqaruv tizimlarida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi usul, model va algoritmlar «Elektron hukumat» tizimi doirasida «Ta’lim» axborot tizimlari majmuasini shakllantirishga qo‘llanilgan. Ma’lumotlarga ishlov berish, axborotlashtirish vosita va usullari hamda boshqa ilmiy ishlanmalarni joriy etilishi jarayonni tashkil etishga ketgan sarf-harajatlarning 12%ga kamayishiga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25.05.2015 yildagi 89-01-129-son ma’lumotnomasi).
«PRASK-2» va «Noravshan yondashuvli tasniflash» dasturiy majmualari Jizzax viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi hamda O‘rta maxsus kasb-xunar ta’lim boshqarmalarida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi muqobillarni shakllantirish masalalarini echishda qo‘llanilgan. Mahsulot tannarhi va hosildoriligini bashoratlash natijasida tejamkorlik 5%ga oshgan, elektron hujjat hamda xodimlar kontingenti maqbul tarkibini tasniflash hisobiga ish unumdorligi 12%ga ko‘tarilgan, umumiy yillik iqtisodiy samaradorlik 215,5 mln. so‘mni tashkil etdi (Jizzax viloyati hokimligining 02.04.2015 yildagi 04-229-son ma’lumotnomasi).