Xo‘jaeva Sayyora Sotimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Ertaklarda onomastik nominatsiya va undagi paradigmatik munosabatlar” (o‘zbek va ingliz ertaklari misolida), 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3890.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tillaeva Muyassar, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori, prof.v.b., Jumatov Rashid Yangibaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o’zbek va ingliz xalq ertaklari onomastik ko‘lamini, undagi nominatsiya tamoyillarini hamda onomastik birliklarning o‘zaro paradigmatik munosabatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma metod asosida lingvokulturologik va lingvopoetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ertaklari onomastikasi bilan yozma adabiyotda yaratilgan asarlar onomastikasining nom berish mezonlari, qahramon nomlari, joy nomlarining hosil qilinishi kabi oxshash jihatlari hamda ular orasida semantik, metaforik ma’no singari mazmuniy, qahramonlarni farqlash, voqeani tuzish singari funksional va ohangdorlik, ritmik-estetik xususiyatlar kabi estetik farqlar mavjudligi asoslangan;
ertak matnlarida uchraydigan Jambil, Susambil, Ko‘hi Qof, Borsa kelmas, Borsa xatar, Borsa kelar, Bog‘i Eram; Herefordshire, Yorkshire, the County of Cumberland, Deven Zummerzet kabi onomastik nomlarning shakllanishi, vazifasi va mazmunini ifofalovchi onomastik motivatsiya, semantik qatlamlanish kabi nazariy hamda struktural-semantik tahlil, funksional-pragmatik kabi metodologik tamoyillar dalillangan;
o‘zbek va ingliz xalq ertaklari tarkibida qo‘llangan Lord Mayor, the Abbat, the Cardinal, the King, Farmer, Champion, the Evil Ee, Goldilocks, Tattercoas, Caskin; Karimbobo, Xadicha, Sulaymon payg‘ambar, Karomatxon, Hazrat Ali, Ollonazarbotir, So‘fibek, Abdukarim, Olim chaqqon, Soqi mumsik, Boqi mumsik, Guliqahqah, Nishonboy, Arab laqqi kabi antroponimlar, Principality of Wales, Wales, Ireland, Scotland, England; Ko‘hi Qof, Borsa kelmas, Bog‘i Eram kabi toponimlar, Ona kiyik, Eshakvoy, Qarg‘ajon, Tulkivoy, Ayiqjon; Jump, Tan, Trotty, Tommy Tildrum, Miss Puss, Puss, Hawkie, Milky-White, Diamond, Mag, Bayard, Beast kabi zoonimlar va Old Nick, Old Man, Owd Chap, Old Nicky, the Devil, the Fiend; Baymoqdev, Yalmog‘iz, Odamxo‘r kabi mifonimlarning o‘ziga xosligi qiyosiy-lingvistik metodlar orqali isbotlangan;
onomastik birliklarning o‘zaro paradigmatik munosabatlarida semantik oppozisiya, sinonimiya va giponimiya kabi strukturalarning faol ishtiroki strukturaviy-semiotik, leksik-semantik va korpus-lingvistik yondashuvlar asosida qiyoslanib, ularning kontekstga bog‘liq madaniy-semiotik kodlari hamda ma’no darajalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ertaklarda onomastik nominatsiya va undagi paradigmatik munosabatlar” (o‘zbek va ingliz ertaklari misolida) yuzasidan olingan natijalar asosida:
onomastik nominatsiya va paradigmatik munosabatlar masalasi tadqiqining nazariy aѕoѕlari tavѕifiga doir ilmiy manbalarda eng muhim g‘oyalar aniqlanganligi haqidagi mulohazalar qoraqalpoq tilshunosligidagi xuddi shu tip ishlar uchun nazariy asos bo‘la olishi haqidagi fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 27-noyabrdagi 548/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati yanada ortgan;
o‘zbek va ingliz xalq ertaklaridagi nomlashning o‘ziga xosliklari ko‘rsatilgan materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023–2024-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (2025-yil 1-iyuldagi 1151-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ertaklar onomastikasi, ertaklarda toponimlarning qo‘llanilishi, antroponimlarning turli tizimli til ertaklaridagi qo‘llanilish doirasi, ularning hozirgi davrda yaratilayotgan zamonaviy ertaklardagi nomlarga munosabati, ertak onomastikasining shakllanish prinsiplari asosida olingan xulosalar hozirgi davr ob’ektlarini nomlashda engillik hamda qulayliklar yaratishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz xalq ertaklaridagi onomastik ko‘lam haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, amaliy natijalar hamda eriѕhilgan ilmiy xuloѕalar bugungi kunning dolzarb maѕalaѕidan biri ekanligi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023–2024-yillarda efirga uza¬tilgan “Assalom Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz”, “Adabiy muhit” kabi eshittirish va teledasturlarda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 853-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuvlar matnining ilmiy-manbaviy saviyasi boyigan.