Shodieva Sitora Ulug‘bek qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10377
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.16.03  raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzullo Alixanovich Nizomiy nomidagi O‘MPU xuzuridagi pedagog kadrlarni QT va ularni MO tarmoq markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Zulfiya Zarifovna Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetlari tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish mazmuni ijtimoiy muhitni strategik g‘oyalar genezisining innovatsion tendensiyalari hamda dual ta’lim ehtiyojlariga asoslangan dars mashg‘ulotlarining turli shakllariga mos o‘qitish metodikasini  takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligi rivojlantirish orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarini axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashga asoslangan model talabalarning pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini paradigmik rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
mutaxassislikka oid majburiy fanlardan “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash”, “Robototexnika asoslari” mazmunida kompyuter muhitini his qilish, mustaqil ta’limni tashkil etishga qaratilgan audio va vizual materiallar hamda 3D animatsiyalardan foydalanib virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan, o‘qitish metodikasi dual ta’lim texnologiyalariga tayanib talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish orqali mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentlik mazmunini innovatsion loyihalashda ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashtirish, moddiy texnik bazasini bugungi kunning innovatsion talablari asosida modernizatsiyalash, ta’limning yangi metodik modellarini yaratish, kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari hamda  dunyo bo‘ylab raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish mazmuni ijtimoiy muhitni strategik g‘oyalar genezisining innovatsion tendensiyalari hamda dual ta’lim ehtiyojlariga asoslangan dars mashg‘ulotlarining turli shakllariga mos o‘qitish metodikasini  takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-386 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi loyihaviy-konstruktorlik kompetentligi rivojlantirilgan;
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentligi rivojlantirish orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarini axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashga asoslangan model talabalarning pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini paradigmik rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Robototexnika asoslari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-388 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Texnologik  ta’lim” yo‘nalishi talabalarini axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida virtual konstruktor dasturlari va simulyasiya vositalari orqali o‘qitishning nazariy asoslarini rivojlantirishga erishilgan;
mutaxassislikka oid majburiy fanlardan “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash”, “Robototexnika asoslari” mazmunida kompyuter muhitini his qilish, mustaqil ta’limni tashkil etishga qaratilgan audio va vizual materiallar hamda 3D animatsiyalardan foydalanib virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan, o‘qitish metodikasi dual ta’lim texnologiyalariga asoslangan talabalarning texnik-konstruktorlik  kompetentligini rivojlantirish orqali mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0798 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning pedagogik faoliyatiga oid texnik-konstruktorlik kompetentligi rivojlantirilgan;
talabalarning texnik-konstruktorlik kompetentlik mazmunini innovatsion loyihalashda ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashtirish, moddiy texnik bazasini bugungi kunning innovatsion talablari asosida modernizatsiyalash, ta’limning yangi metodik modellarini yaratish, kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari hamda  dunyo bo‘ylab raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar “Texnik mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-032 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning texnik-konstruktorlikka oid kompetentlik mazmunidagi innovatsion kasbiy faoliyatiga qaratilgan tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan.

Ilmiy kengash raisi, texnika
fanlari doktori, professor                        X.Q. Raxmonov

Ilmiy kengash kotibi, texnika fanlari
nomzodi, professor                                                                 R.X.Nurboev    

     Ilmiy rahbar, pedagogika fanlari 
     bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.                            A.R.Jo‘raev

Talabgor                                                                                     S.U.Shodieva

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish