Qozaqova Munojat Sharifjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda talabalarning loyihalash ko‘nikmalarini multimediali vositalar asosida rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9253.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamrakulov Abdurahmat Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Rustamov Raxmatali Murodovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Dilshodbekov Shahboz Dilshodbek o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda multimediali kompyuter texnologiyalari asosida talabalar loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirish fanlararo (“Qishloq xo‘jaligi mashinalari”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”) integratsiyalashuv orqali qishloq xo‘jaligidagi mexanizmlarni loyiha-konstruktorlik asosida loyihalash uchun virtual modellashtiruvchi grafik dasturlar yordamida mazmunan rivojlantirilgan.
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, interfaol ta’lim metodlari, loyihalash komponentlari metodik-loyiha asosida uzviylik, uzlyuksizlik, izchillik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirishga oid interfaol ta’lim metodlari (o‘qitishning 4 pog‘onali metodi, Project-Based Learning, VAK Learning, Tactile Learning) hamda loyihalash dasturlari (AutoCAD, Compas, 3dMax) yordamida multimediali dasturiy pedagogik vositalarni yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasining rivojlanganlik darajalari, mezonlari loyihalashning grafik elementlari bo‘yicha baholash turlarini tizimlashtirish va optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini multimediali kompyuter texnologiyalari o‘qitish vositasida talabalarda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirish fanlararo (“Qishloq xo‘jaligi mashinalari”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”) integratsiyalashuv orqali qishloq xo‘jaligidagi mexanizmlarni loyiha-konstruktorlik asosida loyihalash uchun virtual modellashtiruvchi grafik dasturlar yordamida mazmunan rivojlantirilganga oid bilimlar, tavsiyalar hamda ko‘nikmalar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi № 751445).  Natijada bo‘lajak muhandislarning loyihalash ko‘nikmasi, fazoviy tasavvuri, fanga oid bilimlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, interfaol ta’lim metodlari, loyihalash komponentlari metodik-loyiha asosida uzviylik, uzlyuksizlik, izchillik tamoyillari asosida ta’limning samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Namangan davlat texnika universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi №01/10-09/2703 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning vaqtini tejash, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda grafik kompetensiyasini oshirish imkonini bergan.
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirishga oid interfaol ta’lim metodlari (o‘qitishning 4 pog‘onali metodi, Project-Based Learning, VAK Learning, Tactile Learning) hamda loyihalash dasturlari (AutoCAD, Compas, 3dMax) yordamida multimediali dasturiy pedagogik vositalarni yaratish asosida ta’lim sifati oshirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 02/01-01-106-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv fanidan tayyorlanadigan bo‘lajak muhandislarning loyihalash ko‘nikmasini hamda professor-o‘qituvchilarning vaqtini tejash, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan.
bo‘lajak muhandislarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda loyihalash ko‘nikmasining rivojlanganlik darajalari, mezonlari loyihalashning grafik elementlari bo‘yicha baholash turlarini tizimlashtirish va optimallashtirish asosida ta’lim jarayoni tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 02/01-01-106-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning loyihalash ko‘nikmasini rivojlanishini va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan.
Tadqiqotimiz natijasida barcha pedagogik tajriba-sinov maydonchalari sifatida tanlab olingan OTMlarda tajriba-sinov ishlari nihoyasida tajriba guruhidagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 1,13 (13%) yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish