Soatova Shoxista Abdumusaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasasalari talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish”, 13.00.07– Ta’limda menejment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4665
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Hakimova Muxabbat Fayzievna hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Shoymardanov Tuymurod Turdialievich.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari qat’iy shaxsiy pozisiyaga egalik ko‘nikmalari va avtonom qaror qabul qilish qobiliyatini integral diagnostika doirasida kompleks tashxislash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishga doir kommunikativ, tashkiliy, instrumental va kasbiy kompetensiyalar adaptiv o‘quv traektoriyasiga professional hamkorlik maydonchasi orqali mustaqil ta’lim va an’anaviy mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning strukturaviy-mazmunli modeli talabalar tiplarini “Men-konsepsiya”si bilan bog‘lab, nostandart pedagogik vaziyatlarni echish kompetensiyalari SOFT SKILLS lar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda liderlik sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish texnologiyasi “Ishtirokchi”, “Murabbiy”, “Tashkilotchi” rolli vaziyatlar va kouchingli faoliyat hamkorligini qo‘llab-quvvatlovchi mentorlik tizimi orqali tajribali liderlardan o‘rganish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining liderlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari qat’iy shaxsiy pozisiyaga egalik ko‘nikmalari va avtonom qaror qabul qilish qobiliyatini integral diagnostika doirasida kompleks tashxislashga oid takliflar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi 4/3.2-sonli qarori, 2025-559U-809-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining liderlik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari mazmunan boyitilgan;
talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishga doir kommunikativ, tashkiliy, instrumental va kasbiy kompetensiyalar adaptiv o‘quv traektoriyasiga professional hamkorlik maydonchasi orqali mustaqil ta’lim va an’anaviy mashg‘ulotlarni kiritish “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi 4/3.2-sonli qarori, 2025-559U-809-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining liderlik sifatlarini rivojlantirishga oid professional hamkorlik maydonchasi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning strukturaviy-mazmunli modeli talabalar tiplarini “Men-konsepsiya”si bilan bog‘lab, nostandart pedagogik vaziyatlarni echish kompetensiyalari SOFT SKILLS lar integratsiyasiga oid tafsiyalar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi 4/3.2-sonli qarori, 2025-559U-809-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning strukturaviy-mazmunli modeli takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarda liderlik sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish texnologiyasi “Ishtirokchi”, “Murabbiy”, “Tashkilotchi” rolli vaziyatlar va kouchingli faoliyat hamkorligini qo‘llab-quvvatlovchi mentorlik tizimi orqali tajribali liderlardan o‘rganish tavsiyalari “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 4 - dekabrdagi 4/3.2-sonli qarori, 2025-559U-809-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning zarur pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish