Islomov Sarvar Temurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nefroblastomani davolash samaradorligini klinik-morfologik va molekulyar-genetik baholash», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5543.
Ilmiy rahbarlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Makimbetov Emil Kojoshovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda nefroblastomani davolash natijalarini yaxshilashda immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda nefroblastomani davolashda operatsiya va ad’yuvant kimyo terapiyasini o‘z ichiga olgan kombinirlangan davolash usuli neoad’yuvant kimyo terapiyasi, operatsiya va ad’yuvant kimyo terapiyasi bilan solishtirilganda yashash ko‘rsatkichlarini oshirishi, residiv va metastazlar chastotasini kamaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
bolalarda nefroblastomani davolash taktikasi va kasallik prognozini belgilashda immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlarning roli va ahamiyati, xususan CNNTB1 geni ekspressiyasining yuqori darajasi kasallikning noqulay prognoz bilan korrelyasiyalanishi isbotlangan;
bolalarda nefroblastomani davolash samaradorligi va prognozini belgilash uchun kliniko-morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlar ko‘rsatkichlarini hisobga olgan prognostik xavf va davolash usullari shkalasi ishlab chiqilgan;
bolalarda nefroblastomani prognoz qilishda TP53 va CNNTB1 genlari ahamiyatga egaligi, WT1, WTX, MYCN, BRCA2, PALB2, BLM, GPC3, HRPT2 kabi boshqa genlar esa metastaz va residiv chastotasi bilan ishonchli korrelyasiyani ko‘rsatmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda nefroblastomani davolash samaradorligini klinik-morfologik va molekulyar-genetik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda nefroblastomani davolashda operatsiya va ad’yuvant kimyo terapiyasini o‘z ichiga olgan kombinirlangan davolash usuli neoad’yuvant kimyo terapiyasi, operatsiya va ad’yuvant kimyo terapiyasi bilan solishtirilganda yashash ko‘rsatkichlarini oshirishi, residiv va metastazlar chastotasini kamaytirishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyulda 1-son bilan tasdiqlangan «Metodi sovershenstvovaniya lecheniya nefroblastomi u detey»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 8-son va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 10.07.2025 yyildagi 106-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot bolalarda nefroblastomani davolashning turli usullarini qiyosiy baholash, operatsiya va ad’yuvant kimyoterapiyani o‘z ichiga olgan kombinirlangan davolash yashash ko‘rsatkichlarini oshirib, residiv va metastaz chastotasini kamaytish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 20 mln so‘mlik mablag‘lari bolalarda nefroblastomani davolashda COG protokoli qo‘llash natijasida (bir nafar bemorni SIOP tavsiyasi asosida davolash qiymati 100 mln so‘mni, COG protokoli bo‘yicha esa 80 mln so‘mni tashkil etadi) iqtisod qilinadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda nefroblastomani davolash taktikasi va kasallik prognozini belgilashda immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlarning roli va ahamiyati, xususan CNNTB1 geni ekspressiyasining yuqori darajasi kasallikning noqulay prognoz bilan korrelyasiyalanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyulda 1-son bilan tasdiqlangan «Metodi sovershenstvovaniya lecheniya nefroblastomi u detey»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 8-son va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 10.07.2025 yyildagi 106-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolash samaradorligini baholashda immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlar muhim ahamiyatga ega ekani isbotlangan. Xususan, CNNTB1 geni yuqori ekspressiyasi noqulay prognoz bilan bog‘liqligi aniqlangan, TP53 va CNNTB1 genlari esa ishonchli prognostik markerlar sifatida tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 20 mln so‘mlik mablag‘lari bolalarda nefroblastomani davolashda COG protokoli qo‘llash natijasida (bir nafar bemorni SIOP tavsiyasi asosida davolash qiymati 100 mln so‘mni, COG protokoli bo‘yicha esa 80 mln so‘mni tashkil etadi) iqtisod qilinadi; 
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda nefroblastomani davolash samaradorligi va prognozini belgilash uchun kliniko-morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik markerlar ko‘rsatkichlarini hisobga olgan prognostik xavf va davolash usullari shkalasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyulda 1-son bilan tasdiqlangan «Metodi sovershenstvovaniya lecheniya nefroblastomi u detey»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 8-son va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 10.07.2025 yyildagi 106-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik-morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarga tayangan ishlab chiqilgan xavf-stratifikatsiya va davolash shkalasi individual davolash rejasini tanlashni soddalashtirib, natijalarni barqaror yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 20 mln so‘mlik mablag‘lari bolalarda nefroblastomani davolashda COG protokoli qo‘llash natijasida (bir nafar bemorni SIOP tavsiyasi asosida davolash qiymati 100 mln so‘mni, COG protokoli bo‘yicha esa 80 mln so‘mni tashkil etadi) iqtisod qilinadi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda nefroblastomani prognoz qilishda TP53 va CNNTB1 genlari ahamiyatga egaligi, WT1, WTX, MYCN, BRCA2, PALB2, BLM, GPC3, HRPT2 kabi boshqa genlar esa metastaz va residiv chastotasi bilan ishonchli korrelyasiyani ko‘rsatmasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyulda 1-son bilan tasdiqlangan «Metodi sovershenstvovaniya lecheniya nefroblastomi u detey»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 8-son va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 10.07.2025 yyildagi 106-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SIOP va COG standartlari qiyosiy tahlili COG sxemasi bo‘yicha davolashning yuqori samaradorligini ko‘rsatgan, bu esa nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda uzoq muddatli prognozni yaxshilash va individual davolashni takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 20 mln so‘mlik mablag‘lari bolalarda nefroblastomani davolashda COG protokoli qo‘llash natijasida (bir nafar bemorni SIOP tavsiyasi asosida davolash qiymati 100 mln so‘mni, COG protokoli bo‘yicha esa 80 mln so‘mni tashkil etadi) iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish