Babanazarova Sarbinaz Karamatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
  

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyatini samarali boshqarish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2025.2.PhD/Iqt5336.
Ilmiy rahbar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kaxramonov Xurshidjon Shuhrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyatini samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ishlab chiqarish salohiyati» tushunchasining iqtisodiy mazmuni agrosanoat majmuasi korxonalariga tatbiqan barcha faollik turlarining umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatida tahlil ob’ektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi jihatidan takomillashtirilgan;
agrosanoat majmuasi korxonalarida moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,002), boshqaruv faolligi (Bf=1,242), mehnat faolligi (Mehf=0,947)ning maqbul chegaralarida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishning yuqori darajasini ta’minlash asoslangan;
agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda moliyaviy, ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, mehnat va ehtimoliy faollik turlarini integral baholash asosida ishlab chiqarish salohiyati darajasini «juda yuqori» (1,2 ≤ ICHs), «yuqori» (1,02 ≤ ICHs ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ ICHs ˂ 1,02), «xavfli» (0,3 ≤ ICHs ˂ 0,55) va «yuqori xavfli» (0 ≤ IChs ˂ 0,3) miqdoriy chegaralari diapazonida baholash asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyatining asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ishlab chiqarish salohiyati» tushunchasining iqtisodiy mazmunini agrosanoat majmuasi korxonalariga tatbiqan barcha faollik turlarining umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatida tahlil ob’ektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Jasil ekonomika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, 2025 yil 9 iyul`, 258-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida talabalarda tahlil ob’ektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi jihatidan takomillashtirilgan «ishlab chiqarish salohiyati» tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
agrosanoat majmuasi korxonalarida moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,002), boshqaruv faolligi (Bf=1,242), mehnat faolligi (Mehf=0,947)ning maqbul chegaralarida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishning yuqori darajasini ta’minlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 15 avgustdagi 06-06/527-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini tarkibini tashkil etuvchi omillarning vazn ko‘rsatkichlarini belgilanishi imkoni yaratilgan;
agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda moliyaviy, ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, mehnat va ehtimoliy faollik turlarini integral baholash asosida ishlab chiqarish salohiyati darajasini «juda yuqori» (1,2 ≤ ICHs), «yuqori» (1,02 ≤ ICHs ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ ICHs ˂ 1,02), «xavfli» (0,3 ≤ ICHs ˂ 0,55) va «yuqori xavfli» (0 ≤ ICHs ˂ 0,3) miqdoriy chegaralari diapazonida baholash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 15 avgustdagi 06-06/527-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyati holati va resurslar qo‘shimcha o‘sish sur’atining iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari aniqlilik darajasining 1,38 baravarga oshishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyatining asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 15 avgustdagi 06-06/527-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalari ishlab chiqarish salohiyati ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish amaliyotining takomillashishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish