Karimov Inomjon Ortikbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoati korxonalarida investisiyalarni jalb qilish mexanizimini takomillashtirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt1150.
Ilmiy rahbari: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich,  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Igamova Shaxniya Zikrilloevna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish sanoati korxonalarida investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilishda investision faoliyatni tashkil etish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurslarni shakllantirish-loyihalash-amalga oshirish-baholash bosqichlarini qamrab oluvchi to‘rt bosqichli integrallashgan jarayon orqali loyihaning sifatini, o‘z vaqtida bajarlishini, investision jozibadorligi ortishini, ta’minlovchi harakatlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
qurilish korxonalarida investision faoliyatni samarali tashkil etishda jismoniy shaxslarning investision mablag‘larini jalb etish riskini to‘lov jarayonlarini pulni qurilish kompaniyasining bankdagi maxsus eskrou hisobvarag‘ida jamlash hamda qurilish obekti davlat texnik-nazorat organlari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali pasaytirish taklifi asoslangan;
qurilish sanoatida investisiya jarayonlarini tizimli boshqarishning to‘rt bosqichli (resurslar-loyihalash-amalga oshirish-baholash) kompleks mexanizmini Yagona buyurtmachi xizmati tomonidan investisiya loyihalarida rejalashtirish aniqligi (10% ≤ RA ≤  12%) hamda risklarni boshqarish samaradorligi (10% ≤ RBS ≤ 14%) miqdoriy chegaralarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
qurilish tarmog‘ida investision faollik, ishlab chiqarish hajmi hamda kapital qo‘yilmalar dinamikasining o‘sish tendensiyalarini hisobga olgan holda ekonometrik model asosida Jizzax viloyati qurilish ishlari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sanoati korxonalarida investisiyalarni jalb qilish mexanizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilishda investision faoliyatni tashkil etish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurslarni shakllantirish-loyihalash-amalga oshirish-baholash bosqichlarini qamrab oluvchi to‘rt bosqichli integrallashgan jarayon orqali loyihaning sifatini, o‘z vaqtida bajarlishini, investision jozibadorligi ortishini, ta’minlovchi harakatlar majmui sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Investision loyihalar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida “qurilishda investision faoliyatni tashkil etish” tushunchasining resurslarni shakllantirish, loyihalash, amalga oshirish va yakuniy moliyaviy-ijtimoiy samaradorlikni baholash bosqichlari bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish korxonalarida investision faoliyatni samarali tashkil etishda jismoniy shaxslarning investision mablag‘larini jalb etish riskini to‘lov jarayonlarini pulni qurilish kompaniyasining bankdagi maxsus eskrou hisobvarag‘ida jamlash hamda qurilish ob’ekti davlat texnik-nazorat organlari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan hududlarda investisiyalarni samarali jalb etish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 34-06/150-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilib, jismoniy shaxslarning investision mablag‘larini jalb etishdagi risklarni kamaytirish, to‘lovlar ustidan nazoratni kuchaytirish va investisiya jarayonlarining shaffofligini oshirishga xizmat qildi;
qurilish sanoatida investisiya jarayonlarini tizimli boshqarishning to‘rt bosqichli (resurslar-loyihalash-amalga oshirish-baholash) kompleks mexanizmini Yagona buyurtmachi xizmati tomonidan investisiya loyihalarida rejalashtirish aniqligi (10% ≤ RA ≤  12%) hamda risklarni boshqarish samaradorligi (10% ≤ RBS ≤ 14%) miqdoriy chegaralarini belgilash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025-yil 10-yanvarda tasdiqlangan “Nazorat rejasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 34-06/150-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarida rejalashtirish aniqligi 12 foizga, risklarni boshqarish samaradorligi esa 10-14 foiz oralig‘ida oshirildi. Natijada investisiya loyihalarini amalga oshirish muddatlariga rioya etish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda qurilish sohasida investisiya faoliyatining barqarorligi va shaffofligi ta’minlandi.
qurilish tarmog‘ida investision faollik, ishlab chiqarish hajmi hamda kapital qo‘yilmalar dinamikasining o‘sish tendensiyalarini hisobga olgan holda ekonometrik model asosida Jizzax viloyati qurilish ishlari hajmining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Jizzax viloyatida investisiyalar samaradorligini oshirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 34-06/150-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish tarmog‘ida investision faollik, ishlab chiqarish hajmi hamda kapital qo‘yilmalarning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilib, hududiy qurilish bozorining barqaror o‘sish sur’atlarini oldindan baholash imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish