Xomidjonov Jaxongir Isroiljonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitish metodikasini takomillashtirish", 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3906
Ilmiy rahbar: Bozorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro Fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM.19.04raqamli Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Ilxom Ismailovich – texnika fanlari doktori, professor akademik; Mahmudov Yusup G‘anievich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitish asosida tibbiyot fizik mutaxasislarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ergonomik va texnik-pedagogik talablarni hisobga olgan holda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan ishlashda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tibbiyot fizikasi fanini o‘qitishning integrativ metodologiyasi yangi avlod o‘quv materiallaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan va tashkiliy-didaktik xususiyatlari aniqlashtirildi; 
talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali tibbiyot fizikasi fanini o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi integrativ o‘qitish metodologiyasi Android platformasida interaktiv muhitda ishlaydigan elektron darslik va mobil ilovani joriy etish orqali takomillashtirildi; 
tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitishga mo‘ljallangan talabalarning o‘rganish va ijodiy faolligini oshirish, tibbiy diagnostika va terapevtik muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini takomillashtirishga qaratilgan o‘qitish usullarining kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan innovatsion elektron o‘qitish, pedagogik va metodologik yondashuvlarga asoslangan kompleks didaktik model ishlab chiqildi; 
tibbiyot fizikasi fanini o‘qitishning didaktik, o‘quv va metodologik ta’minotini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayonining samaradorligini va talabalarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga hissa qo‘shadigan kompleks o‘quv muhiti tizimli va didaktik yondashuvlarni integratsiyalashga asoslangan holda takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ergonomik va texnik-pedagogik talablarni hisobga olgan holda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan ishlashda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tibbiyot fizikasi fanini o‘qitishning integrativ metodologiyasi yangi avlod o‘quv materiallaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan va tashkiliy-didaktik xususiyatlari aniqlashtirilishiga oid takliflar tibbiyot fizikasi asoslari darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 23 fevraldagi 08-04812 son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid metodik-didaktik ta’minot yaratilgan;
talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali tibbiyot fizikasi fanini o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi integrativ o’qitish metodologiyasi Android platformasida interaktiv muhitda ishlaydigan elektron darslik va mobil ilovani joriy etish orqali takomillashtirilishiga oid taklif va tavsiyalar "Ionlashtiruvchi nurlanishlarning organizmga ta’sirini biologik, fizik va pedogogik asoslari"mobil ilova (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomasi № DGU-31630) ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan va "Tirik organizmlarda biomexanika va gemodinamikaning pedagogik asoslari" nomli elektron-o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomasi olingan № DGU-31629);
tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitishga mo‘ljallangan talabalarning o‘rganish va ijodiy faolligini oshirish, tibbiy diagnostika va terapevtik muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini takomillashtirishga qaratilgan o‘qitish usullarining kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan innovatsion elektron o‘qitish, pedagogik va metodologik yondashuvlarga asoslangan kompleks didaktik model ishlab chiqilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (O‘z R F A Yafi) ning AM-PZ-2019062031-sonli (O‘z R F A Yafining 2017 yil 17 noyabrdagi №-32-2115-907-sonli ma’lumotnomasi), "Nur terapiyasining binar texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar, foton-qamrash terapiyasi va neytron qamrash terapiyasi"(O‘zR FA YaFining 2023 yil 17 noyabrdagi №-32-2115-908-sonli ma’lumotnomasi), "OT-F2-24 Fotonlarning Sm, Gd, Au, Bi elementlari bilan o‘zaro ta’sirida yuzaga keluvchi ikkilamchi zarrachalarning tavsifnomalarini o‘rganish"(O‘z R F A Yafi ning 2023 yil 17 noyabrdagi №32-2115-906-sonli ma’lumotnomasi) nomli innovatsion loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan. Mazkur loyihalar tibbiyot fizikasi fanini integrativ o‘qitish metodikasini takolimmashtirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan, talabalarning motivatsiyasini kuchaytirishga yordam bergan;
tibbiyot fizikasi fanini o‘qitishning didaktik, o‘quv va metodologik ta’minotini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayonining samaradorligini va talabalarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga hissa qo‘shadigan kompleks o‘quv muhiti tizimli va didaktik yondashuvlarni integratsiyalashga asoslangan holda takomillashtirilishiga oid taklif va tavsiyalardan "Qattiq jismlar va biomexanika asoslari," "Gidrodinamikaning fizik asoslari," "Tirik organizmlarda elektr toki," "Obshhaya i medisinskaya elektronika," "Kvantovaya biofizika. Osnovi fotometrii," "Biofizicheskie osnovi deystviya ioniziruyushhego izlucheniya na organizm i ego primenenie" kabi o‘quv-metodik qo‘llanmalarning yangi avlodi ishlab chiqishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 5 avgustdagi № 04/11-10018 - sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Oily ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 5 avgustdagi 02/0101-310-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali tibbiyot fizikasi fanini samarali o‘qitilishini ta’minlab, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish