Sulaymanova Barno Raxmatillaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9437. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuriddinovna. Pedagogika fanlari doktori (Dsc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04. 
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Abdullaeva Kamola Abdurashidovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish hamda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari og‘zaki nutqni o‘zlashtirish jarayonida mental model lingvistikasi asosida nutqiy idrok va ifodaning bosqichli qayta tashkil etilishi, semantik dekodlashning bolalar tafakkuriga xos neyro-kognitiv moslashuvi orqali ma’noni perseptiv qayta ishlash jarayonlarining rivojlanish dinamikasini tavsiflashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish modeli nutqni qabul qilish va taqlid qilish orqali og‘zaki ifodalashni rivojlantiruvchi metodik tuzilma sifatida til birliklarining ma’noviy faollashuvi nutqiy idrok integratsiyasi eshitish va talaffuz jarayonlaridagi idrok–ifoda bog‘lanishi nutqiy avtomatlashuvning tabiiy shakllanish jarayonini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi multimodal kommunikativ asosda ko‘rgazmali-harakatli rolli muloqot majmuasini ifodaviy ssenariy sifatida tashkil etish orqali tashqi nutqiy faoliyatning ichki nutqqa o‘tishiga yo‘naltirilgan nutqiy internalizatsiya jarayonini tashqi nutqiy amallarning ichki nutqqa transformatsiyasiga ko‘ratakomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi og‘zaki muloqotda nutqiy birliklarning semantik yuklamasini anglash va so‘zlarni funksional qo‘llash muloqotni boshqarish qobiliyatining shakllanishi kognitiv-lingvistik bog‘lanishga ko‘ra oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinig nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari og‘zaki nutqni o‘zlashtirish jarayonida mental model lingvistikasi asosida nutqiy idrok va ifodaning bosqichli qayta tashkil etilishi, semantik dekodlashning bolalar tafakkuriga xos neyro-kognitiv moslashuvi orqali ma’noni perseptiv qayta ishlash jarayonlarining rivojlanish dinamikasini tavsiflashga oid takliflar "English language for primary education students" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-154/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida tinglab tushunish va og‘zaki nutqni idrok etish (listening skills) semantik dekodlashning neyrokognitiv moslashuvi asosida samarali shakllantirildi;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish modeli nutqni qabul qilish va taqlid qilish orqali og‘zaki ifodalashni rivojlantiruvchi metodik tuzilma sifatida til birliklarining ma’noviy faollashuvi nutqiy idrok integratsiyasi eshitish va talaffuz jarayonlaridagi idrok–ifoda bog‘lanishi nutqiy avtomatlashuvning tabiiy shakllanish jarayonini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid  takliflar  "English language for primary education students" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-154/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,ingliz tilida talaffuz va og‘zaki ifodalash (pronunciation and speaking skills) nutqni qabul qilish va taqlid qilishga tayangan holda bosqichma-bosqich rivojlantirildi hamda nutqiy avtomatlashuvga qulay sharoit yaratildi;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi multimodal kommunikativ asosda ko‘rgazmali-harakatli rolli muloqot majmuasini ifodaviy ssenariy sifatida tashkil etish orqali tashqi nutqiy faoliyatning ichki nutqqa o‘tishiga yo‘naltirilgan nutqiy internalizatsiya jarayonini tashqi nutqiy amallarning ichki nutqqa transformatsiyasiga oid takliflar "English language for primary education students" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-154/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada multimodal va rolli muloqot asosida ingliz tilida nutqiy muloqot va dialogik nutq (interactive speaking skills) ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik model takomillashtirildi;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi og‘zaki muloqotda nutqiy birliklarning semantik yuklamasini anglash va so‘zlarni funksional qo‘llash muloqotni boshqarish qobiliyatining shakllanishi kognitiv-lingvistik bog‘lanishga oid takliflar "English language for primary education students" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-154/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida og‘zaki kommunikativ kompetensiyasini baholash va rivojlantirish so‘zlarning funksional qo‘llanilishi va muloqotni boshqarish ko‘nikmalariga tayangan metodik tizim orqali aniqlashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish