Mirraximova Nargiza Mirzaxidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli gepatitlar oqibatida rivojlanadigan jigar fibrozi va gepatotsellyulyar karsinomaning shakllanishida host omillar va biomarkerlarning prognostik ahamiyati», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib948.
Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gofur-Oxunov Mirza Allayorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Jdanov Konstantin Valer`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli gepatitlar oqibatida rivojlanadigan jigar fibrozi va gepatotsellyulyar karsinomaning shakllanishida host omillar va biomarkerlarning prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COL4 va PIIINP bevosita fibromarkerlari hamda APRI va FIB4 hisoblash indekslari birgalikda qo‘llanilishi surunkali virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda jigar fibrozining turli bosqichlarini aniqlashda yuqori sezuvchanlik va aniqlikni ta’minlashi isbotlangan;
GSKning etiologik omillari tarkibida onkogen salohiyati yuqori bo‘lgan HBV, HCV va HDV-infeksiyalarining ustunlik qilishi aniqlangan;
gepatotsellyulyar karsinoma bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar kanserogenez rivojlanishida okkul`t HBV-infeksiyasining ahamiyati asoslangan;
GSKda midkinning tashxisiy samaradorligi hamda HBV va HDV bilan bog‘liq GSK bilan kasallangan bemorlarda HBcrAg ahamiyati isbotlangan;
TM6SF2 geni rs58542926 polimorfizmining T-alleli gepatotsellyulyar karsinomaning rivojlanish xavfini oshirishi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 29/39-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COL4 va PIIINP bevosita fibromarkerlari hamda APRI va FIB4 hisoblash indekslari birgalikda qo‘llanilishi surunkali virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda jigar fibrozining turli bosqichlarini aniqlashda yuqori sezuvchanlik va aniqlikni ta’minlashi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 29 yanvarda №1n-r/1-son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini baholashning noinvaziv usullarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand viloyat klinik shifoxonasiga 2025 yil 23 fevral` №107/U va 5-son shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2025 yil 30 yanvar` №82-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri fibromarkerlar (COL4, PIIINP) va hisoblangan indekslar (APRI, FIB-4) kombinatsiyasini rutinali qo‘llashni joriy etish 600 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Biroq bu jigar fibrozining erta bosqichlarini aniqlash va uning bosqichlarini aniq baholash samaradorligini oshiradi, surunkali virusli gepatitlar asoratlari yukini kamaytirishga, shuningdek prognozni yaxshilash va bemorlarda erta diagnostika samaradorligini 92 % gacha oshirishga imkoniyat beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar fibrozini erta tashxislash uchun noinvaziv fibromarkerlarni amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etishda ICER (inkremental samaradorlik ko‘rsatkichi) bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra bir nafar bemor uchun 12500 so‘mni tashkil etdi, bunda bemorlarni erta aniqlash samaradorligi 92 % gacha oshadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gepatotsellyulyar karsinomaning etiologik omillari tarkibida onkogen salohiyati yuqori bo‘lgan HBV, HCV va HDV-infeksiyalarining ustunlik qilishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 16 sentyabrda №1n-r/8-son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatitlar va jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar 1-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2025 yil 18 sentyabr №173 va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Andijon filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi №01/01/13/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: GSKga shubha qilingan bemorlarni onkologik xizmat hamda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida HBV, HCV va HDV bo‘yicha tekshiruvini standart tashxisot va bemorlarni yo‘naltirish amaliyotiga joriy etish jigar saratonini erta aniqlash imkoniyatlarini oshiradi, davolash taktikasi samaradorligini yaxshilaydi hamda kasallikdan o‘lim holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik xizmat muassasalarida HBV, HCV va HDV bo‘yicha tekshiruvlarni joriy etish har bir bemor uchun 8282400 so‘m miqdorida mablag‘ni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: gepatotsellyulyar karsinoma bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar kanserogenez rivojlanishida okkul`t HBV-infeksiyasining ahamiyati asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 16 sentyabrda №1n-r/8-son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatitlar va jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar 1-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2025 yil 18 sentyabr №173 va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Andijon filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi №01/01/13/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gepatotsellyulyar karsinoma (GSK) bilan kasallangan bemorlarni tekshirish algoritmlariga okkul`tli HBV-infeksiyani aniqlash testini kiritish 200000 so‘m miqdorida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Biroq bu jigar fibrozining erta bosqichlarini aniqlash va uning bosqichlarini aniq baholash samaradorligini oshiradi, surunkali virusli gepatitlar asoratlari yukini kamaytirishga, shuningdek prognozni yaxshilash va bemorlarda erta diagnostika samaradorligini 92 % gacha oshirishga imkoniyat beradi. Bu kasallik etiologiyasini yanada aniq belgilashni, o‘smaga qarshi va virusga qarshi davolashni optimallashtirishni hamda natijada bemorlarning yashab qolish darajasini oshirish va hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik xizmat muassasalarida HBV, HCV, HDV va okkul`tli HBV-infeksiyani aniqlash testlarini joriy etish ICER (inkremental samaradorlik ko‘rsatkichi) bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra bir nafar bemor uchun 12500 so‘mni tashkil etdi, bunda bemorlarni erta aniqlash samaradorligi 92 % gacha oshadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: GSKda midkinning tashxisiy samaradorligi hamda HBV va HDV bilan bog‘liq GSK bilan kasallangan bemorlarda HBcrAg ahamiyati isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 16 sentyabrda №1n-r/8-son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatitlar va jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar 1-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2025 yil 18 sentyabr №173 va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Andijon filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi №01/01/13/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Midkin va HBcrAg ni okkul`t HBV-infeksiyasiga tekshiruv bilan birgalikda GSK tashxisotida qo‘llash kasallikni erta aniqlash, davolashni maqbullashtirish, o‘lim holatlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik xizmat muassasalarida HBV, HCV, HDV, midkin va HBcrAg bo‘yicha testlashni joriy etish 400000 so‘m miqdorida qo‘shimcha xarajatlarni talab etsa-da, okkul`tli gepatitni aniqlash samaradorligini 98–100 % gacha oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ICER (inkremental samaradorlik ko‘rsatkichi) bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra bir nafar bemor uchun 6500 so‘mni tashkil etdi. Standart ko‘rsatkichlar asosida hisoblaganda esa bir nafar bemorga 8282400 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlanadi.
beshinchi ilmiy yangilik: TM6SF2 geni rs58542926 polimorfizmining T-alleli gepatotsellyulyar karsinomaning rivojlanish xavfini oshirishi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 16 sentyabrda №1n-r/8-son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatitlar va jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar 1-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2025 yil 18 sentyabr №173 va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Andijon filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi №01/01/13/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TM6SF2 geni rs58542926 polimorfizmini aniqlash jigarning surunkali kasalliklari bilan kasallangan bemorlar orasida gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni shakllantirish imkonini beradi, bu esa, shaxsiylashtirilgan kuzatuvni tashkil etish, o‘sma transformatsiyasini o‘z vaqtida aniqlash va o‘lim holatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: HBV, HCV, HDV va TM6SF2 geni rs58542926 polimorfizmi bo‘yicha tekshiruvlarini onkologik xizmat muassasalarida joriy etish har bir bemor uchun 8282400 so‘m miqdorida mablag‘ni iqtisod qiladi.