Saidova Xilolaxon Rashidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimini takomillashtirishda oliy ta’lim va maktab hamkorligi” 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2139
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Ismoilov Temur Islomovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Kazimov Jamshid Shamsiddinovich pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimini takomillashtirishda oliy ta’lim va maktab hamkorligi tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
ta’limning samarali boshqaruv tamoyillari rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat, tartibga solish, boshqaruv apparati ta’minoti uchun nisbatan kam harajat qilinishining ta’lim sifati, pedagogik jarayonlarning o‘zgarish dinamikasi, resurslarning natijaviyligining ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim va maktab hamkorligining ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini tizimli joriy etish hamda ularni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilish orqali ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi institutsional va funksional jihatdan takomillashtirilgan;
ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimidagi mavjud muammolar byurokratik to‘siqlar, majlisbozlik, qog‘ozbozlik, avtoritarlik, nazorat tizimining mustaqil emasligini boshqaruv va nazorat tuzilmalarini hamkorlik yo‘nalishlarini takomillashtirish orqali tartibga solishda oliy ta’lim va maktab hamkorligi modelining maqsadli ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rganish, yordam berish, qo‘llash, maslahat berish, kuzatish, tartibga solish, ko‘rsatma berish, qaror qabul qilish kabi tamoyillarni tizimlashtirish, aniq ishlash srategiyalarini joriy etish asosida oliy ta’lim va maktab hamkorligining sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimini takomillashtirishda oliy ta’lim va maktab hamkorligini takomillashtrishga oid ilmiy natijalarini asosida:
ta’limning samarali boshqaruv tamoyillari rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat, tartibga solish, boshqaruv apparati ta’minoti uchun nisbatan kam harajat qilinishining ta’lim sifati, pedagogik jarayonlarning o‘zgarish dinamikasi, resurslarning natijaviyligining ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlilini asoslashga oid takliflari “Menejment tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, ta’limda samarador boshqaruv tamoyillarini baholash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim va maktab hamkorligining ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini tizimli joriy etish hamda ularni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilish orqali ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi institutsional va funksional jihatlarini takomillashtrishga oid takliflari “Menejment tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, oliy ta’lim va maktab hamkorligi negizida xorijiy tajriba asosida hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi asoslangan;
ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimidagi mavjud muammolar byurokratik to‘siqlar, majlisbozlik, qog‘ozbozlik, avtoritarlik, nazorat tizimining mustaqil emasligini boshqaruv va nazorat tuzilmalarini hamkorlik yo‘nalishlarini takomillashtirish orqali tartibga solishda oliy ta’lim va maktab hamkorligi modelining maqsadli ko‘rsatkichlarini takomillashtrishga oid tavsiyalari “Ta’lim sifati menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarni tartibga solishda oliy ta’lim va maktab hamkorligi tizimlashtirilgan;
ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rganish, yordam berish, qo‘llash, maslahat berish, kuzatish, tartibga solish, ko‘rsatma berish, qaror qabul qilish kabi tamoyillarni tizimlashtirish, aniq ishlash srategiyalarini joriy etish asosida oliy ta’lim va maktab hamkorligining sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga oid takliflari “Ta’lim sifati menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi funksiyalarini tizimlashtirish, aniq ishlash mexanizmlarini joriy etish asosida oliy ta’lim va maktab hamkorligining sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.