Akramova Dilafruz Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linter ishchi kamerasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5094
Ilmiy rahbar: Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azizov Shuxrat Mamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent, Ortiqova Kamola Insopalievna, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘zitg‘ich ishchi organi konstruksiyasini takomillashtirish orqali 5LP rusumli linterlash mashinasining ish samaradorligini oshirishdan iborat. Bunga uning konstruksiyasini to‘rt parrakli konstruksiyadan besh parrakli konstruksiyaga o‘zgartirish, yulduzchalar massasi va geometriyasini optimallashtirish, inersion yuklamalarni bir tekis taqsimlash, shuningdek, momiq ajratishning yuqori sifatini saqlagan holda tebranish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linter ishchi kamerasidagi to‘zitg‘ichga tushayotkan yuklamalarni barqarorlashtiruvchi kompyuter modellashtirish usuli yordamida 5LP arrali linter uchun besh parrakli to‘zitg‘ichning ratsional konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
material sarfi jihatdan tejamkor hamda mustahkamlik zaxirasi butunlay tushayotgan yuklanishlarga javob beradigan yangi yulduzchasi konstruksiyasi massasini simulyasion optimallashtirish usuli taklif etilgan;
minimal tebranish va shikastlanishda maksimal unumdorlikni ta’minlaydigan optimal aylanish tezligi, kinetik va dinamik omillarni hisobga olgan holda to‘zitg‘ichning chigit valigi bilan o‘zaro ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
linter ishchi kamerasi elementlari va paxta chigitining fraktografik tahlili ishchi organlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan abraziv eyilish va mikro shikastlanishlari ularning xarakteristikasi orqali kelib chiqishi sabablarini birinchi marta fraktografik tahlilni yangi usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Linter ishchi kamerasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha natijalar asosida:
Linter mashinasining yangi konstruksiyali to‘zitqichi Namangan viloyati “Namangan To‘qimachi Klaster” MChJ To‘raqo‘rg‘on PTK ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJ ning 2025 yil 1-apreldagi №03/25-681-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 5-parrakli to‘zitqich asosida linterlash jarayonida chigit valigida hosil bo‘ladigan zichlikni o‘rtacha 2,1% ga oshirilishi orqali chigitli valik barqarorligini oshirilgan. Shuningdek chigit shikastlanishi 11% ga kamayishiga, chigitning ishchi kamerada qolish muddatini 3,5 sekundga kamayishiga, linterlash jarayonining umumiy unumdorligi 12.5% ga oshishiga erishilgan. Valikda ortiqcha yuklanishlarni to‘zitg‘ich va arralarga ta’sir etishi kamayishi natijasida planka va arraning yaroqlilik muddati 95 soatgacha ortishiga erishilgan.