Ataniyazova Gulshat Seytniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasi (genezisi, janr xususiyatlari, tipologiyasi va poetikasi)”, 10.00.12 – “Qoraqalpoq adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4297
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kazaxbaev Sarsen Seyilbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Qurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Otepbergenova Guzzal Omirbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining genezisi, janr xususiyatlari, tipologiyasi va poetikasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining genezisi xalq o‘yinlari, improvizatsiya an’analari, folklor va dastlabki sahna ko‘rinishlari ko‘rinishlari asosida paydo bo‘lganligi, XIX–XX asrlardagi milliy teatr tajribasi natijasida bolalar dramaturgiyasi sifatida qaror topganligi, bolalar teatri va qo‘g‘irchoq teatrlarining shakllanishi, jahon adabiyotidagi bolalarga mo‘ljallangan dramatik asarlar va tarjima dramalarning ta’siri estetik, adabiy omillar sifatida aniqlangan;
– qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining janr strukturasining sinkretik tabiati, xususan, bir asarning o‘zida liro-dramatik, folklor va ta’limiy-tarbiyaviy sifatlarning yaxlit tizimda birlashuvi, dostonlar, dramalar, librettolar, shuningdek, ertak syujetining dramatik struktura bilan bog‘lanishi natijasida ertak-inssenirovka, ertak-intermediya, ertak-pesa kabi janr shakllari shakllanganligi dalillanib, yosh xususiyatiga mos (maktabgacha, boshlang‘ich va kichik o‘smirlarga mo‘ljallangan spektakllar) janr tasniflangan;
– janrning tipologik xususiyatlari sifatida rus va turkiy xalqlar bolalar dramaturgiyasi asarlarining tematik yo‘nalishi (madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, badiiy), qaharamon obrazini yaratish (monolog, dialog, sahna ko‘rinishi) va til-uslubiy xususiyatlari (folklor, og‘zaki an’analarga asoslangan badiiy til), shuningdek, ertakning epik shakldan sahnaviy qurilishga o‘tishidagi badiiy-estetik hodisalar, konfliktning kuchayishi va kompozisiyaning yangilanishi dalillangan;
– janr strukturasidagi badiiy birliklarning (ramz, metafora, takrorlanuvchi motivlar, allegoriya) tizimli qo‘llanilishi, sahna qurilmalari, ekspozisiya, sahna orti ovozlari, prolog va epilog, remarka, uvertyuraning birligi bolalarning emotsional qabul qilishiga, dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi poetik usul sifatida qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining estetik sifatlari o‘rganilgan va nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining janr strukturasining sinkretik tabiati, xususan, bir asarning o‘zida liro-dramatik, folklor va ta’limiy-tarbiyaviy sifatlarning yaxlit tizimda birlashuvi, dostonlar, dramalar, librettolar, shuningdek, ertak syujetining dramatik struktura bilan bog‘lanishi natijasida ertak-inssenirovka, ertak-intermediya, ertak-pesa kabi janr shakllari shakllanganligi dalillanib, yosh xususiyatiga mos (maktabgacha, boshlang‘ich va kichik o‘smirlarga mo‘ljallangan spektakllar) janr tasnifi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021–2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tahlil qilish” fundamental tadqiqotida qo‘llanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘ston bo‘limining 2025-yil 22-sentyabrdagi 565/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotshunosligida qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasi genezisi, janriy o‘ziga xosligi, tipologiyasi va poetikasi haqidagi qarashlar va nazariy bilimlar rivojlantirilgan.
Dissertatsiyadagi tipologik xususiyatlar sifatida rus va turkiy xalqlar bolalar dramaturgiyasidagi asarlarning tematik yo‘nalishi (madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, badiiy), sahnaviy echimlari (monolog, dialog, sahna ko‘rinishi) va lingvistik-stilistik xususiyatlari (folklor, og‘zaki an’analarga asoslangan badiiy til), shuningdek dramatik ertakning epik shakldan sahnaviy qurilishga o‘tishidagi qahramonlar tizimining murakkablashuvi, konfliktning kuchayishi va kompozision tuzilishning yangilanishiga oid ilmiy-nazariy qarashlar “Qoraqalpog‘iston” teleradiokompaniyasining “Kúsh bilimde”, “Ruwxıylıq bostanı”, “Ádebiyat hám dáwir” madaniy-ilmiy eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-iyuldagi 05-22/397-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar nomoddiy madaniy merosning badiiy tafakkur rivojidagi tutgan o‘rni hamda xalqning ma’naviy hayoti va ijtimoiy munosabatlarining poetik tahlilini ochib berish imkonini bergan.
Tadqiqotda janr tarkibidagi badiiy birliklarning (ramz, metafora, takrorlanuvchi motivlar, allegoriya) tizimli qo‘llanilishi, sahna qurilmalari, ekspozisiya, dialog, monolog, sahna orti ovozlari, prolog va epilog, remarka, uvertyuraning birligi bolalarning emotsional qabul qilishiga, dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi poetik mexanizm sifatida qoraqalpoq bolalar dramaturgiyasining estetik ta’sir etish imkoniyatlarini yangi darajaga olib chiqqanligi haqidagi xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri, Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatri, Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida pesalarni sahnalashtirishda amaliyotda foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 2-sentyabrdagi №4-04/1861-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq dramaturglarining adabiy muhitdagi o‘rni, drama janrining asosiy tendensiyalari, milliy qahramon obrazining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;