Abdurasulova Shoira Kushakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish. 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6018.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kredit-modul ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kredit-modulli ta’lim paradigmasidagi o‘zgartirish va birlashtirishni personifikatsiyasining kasbiy vaziyatlarga tezda moslashish parametrlariga ko‘ra akademik mobillik, ta’limni akumulyativ individuallashtirilgan farqlash asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modulli ta’lim tizimi sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli strategik maqsadlarini shaxsiy faoliyatga sinxronizatsiyalash xususiyatlarining funksionalligiga prognozlash faoliyat jihatlarini tanlashning nutqni va talaffuzni o‘rgatish darajalariga imitatsiyalash algoritmlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlari kasbiy faoliyat, intensiv, mediainteraktiv muloqot orqali uzatilayotgan resurslardan foydalanishga doir artikulatsiyalash jarayonida muloqot qobiliyatlarini subekt-subekt munosabatlari uslubiy arsenalidan o‘quv faoliyatining faol subekti pozisiyasiga keng eksplikatsiyalash asosida optimallashtirilgan;
talabalarning muloqot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi o‘quv birliklari bilan ishlashni tashkil etishda o‘quv modulining avtonom tuzilmasini mantiqiy tugallangan axborot banki sifatida baholash kategoriyalarini kredit-modulli o‘qitish manbalariga yaxlitligini ta’minlovchi refleksiya komponentlarni intensiv qo‘llash asosida oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi didaktik jarayonning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlash, ma’lumotlarni almashinuviga ko‘ra, ehtiyojlarni muvofiqlashtirish, amaliy faoliyat texnologiyalarini egallash hamda mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan kasbiy tayyorgarlikning yetakchi tarkibiy qismi sifatida ta’limning kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning muloqot kompitensiyalari va uning didaktik asoslarini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-31 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish va o‘quv-uslubiy faoliyatni sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik mikromuhit yaratish hamda pozitiv va kreativlikka asoslangan shaxsiy-kasbiy hislatlarni barqaror namoyon qilishga ustuvorlik berish va jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sirini ko‘rsatish, muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning modulli – kompetensiyaviy va innovatsion yondashuvlarga asoslangan metodlar yordamida muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirishga oid tavsiyalar “Psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-31 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini ta’minlaydigan tizimli-integrativ, ijodiy-kognitiv, kompetensiyaga asoslangan, muloqot va kasbiy yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan holda talabalarning muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning tarkibiy mazmunli modeli ko‘p komponentli amaliy va yo‘naltirilgan til birligi murakkab integrativ yaxlitligini kasbiy muhim fazilatlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich va uzlyuksiz ta’lim pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-31 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limga oid fanlarni o‘rganish jarayonida mobil ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish jarayonida talabalarning kasbiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’limda o‘quv jarayonining kredit-modulli tizimini tashkil etish sharoitida o‘rganilayotgan faoliyatni samarali shakllantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlar to‘plami o‘rganilgan, amaliy faoliyat (pedagogik amaliyot) davrida talabalarning o‘quv faoliyatini eksperimental o‘rganishning motivatsion tayyorgarligini, kognitiv darajasini va pedagogik refleksiyani aniqlashga qaratilgan mezonlari identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-31 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish intellektiga ega mutaxassis tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.