Mamatova Xaticha Qurbonalievnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Tanda to‘quv mashinalarida texnik trikotaj olish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6084 
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Valiev G‘ulomqodir Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Gulyaeva Gulfiya Xarisovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tanda to‘quv mashinasida sanoatga mo‘ljallangan texnik trikotaj mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tanda to‘quv mashinalarida bosh va hosila to‘qimalar asosida yangi rapportlarni qo‘llab murakkab halqa tuzilishiga ega bo‘lgan texnik trikotaj olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
zamonaviy tanda to‘quv mashinasida halqa ipi uzunliklari va to‘qima zichlilarini o‘zgartirib, arqoq ipining joylashuvi va grebenka harakatini boshqarish natijasida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan yangi texnik trikotaj to‘qimalari yaratilgan;
halqa ipining deformatsion xatti-harakatini aniqlovchi belgilangan nuqtalardagi taranglik kuchlarini inobatga olib, ularning asimmetrik taqsimoti sharoitida mustahkamlik chegaralarini oldindan tahmin qilish imkonini beruvchi yangi usul tavsiya qilingan;
halqa iplari deformatsiyasining kuch ta’siridagi harakatiga bog‘liq holatlari uchun ilk bor gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi kuchlarning ta’sirini hisobga oluvchi kompleks differensial matematik modellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tanda to‘quv mashinalarida texnik trikotaj olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy tanda to‘quv mashinasida arqoq ipining joylashuvi va grebenka harakatini boshqarish natijasida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan yangi texnik trikotaj to‘qimalarini «Arsoft holding» MChJ korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etildi (“O’zto’qimachilik sanoati” uyushmasining 2025-yil 5-dekabrdagi №02/06 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik parametrlari va fizik-mexanik xususiyatlariga xom ashyo turining ta’siri ishonchliligi aniqlanib, trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlar va fizik-mexanik xususiyatlari ko‘rsatgichlarini yuqoriligini saqlagan holda 1 tonna polietilen iplaridan olingan yangi to‘qima asosida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bazaviy variant texnik trikotaj to‘qimasiga nisbatan I-variant texnik trikotaj to‘qimasini 1 tonna polietilen ipidan ishlab chiqarilganda 7,09 mln so‘m miqdorda,  bazaviy variant texnik trikotaj to‘qimasiga nisbatan II-variant texnik trikotaj to‘qimasini xom ashyo sarfini 54 % ga kamaytirishga erishilgan, narijada  1 tonna polietilen ipidan ishlab chiqarilganda 5,94 mln so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
bosh va hosila to‘qimalar asosida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan texnik trikotaj olish texnologiyasi takomillashtirish «Degrez teks LTD» OOO korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (“O’zto’qimachilik sanoati” uyushmasining 2025-yil 5-dekabrdagi №02/06 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada xususiyatlari yuqori va xomashyo sarfi kam bo‘lgan texnik trikotajning xomashyo sarfi kamaytirilgan yangi tuzilishi ishlab chiqildi va trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlar va fizik-mexanik xususiyatlari ko‘rsatgichlarini yuqoriligini saqlagan  holda polietilen ipidan foydalanib 1 tonna xom ashyo ipidan olingan to‘qima asosida olish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bazaviy variant texnik trikotaj to‘qimasiga nisbatan IV-variant texnik trikotaj to‘qimasi 26,6 % ga kamaytirishga erishilgan. Natijada 1 tonna polietilen ipidan texnik trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarilganda 3,724 mln so‘m miqdorda,  V-variant texnik trikotaj to‘qimasida esa 26,7 % ga kamaytirishga erishish natijasida 1 tonna polietilen ipidan texnik trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarilganda 3,738 mln so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish