Abdrimov Xayrulla Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1123.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy apponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga ko‘ra ularning xizmat muhiti, kasbiy talablar, jamoadagi axloqiy-psixologik iqlim, shaxsiy-psixologik resurslar, kommunikatsiya tizim ijtimoiy-psixologik vositalar asosida ijtimoiy moslashuvning stratifikatsiyalashgan tuzilishi dalillangan.
ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy moslashuv xususiyatlari yosh-psixologik vositalariga ko‘ra ontogenetik rivojlanish bosqichi, kasbiy tajribaning davomiyligi, emotsional barqarorlik va stressga chidamliligi tufayli xizmat davomiyligi ortishi bilan adaptatsiya jarayonining moslashuv sifati differensiallashuvi asoslangan.
ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning genderga oid dinamikasiga ko‘ra xulq-atvorni boshqarish darajasi, kommunikatsiya kompetentliligi, jaroyonlarda emotsional nazorat, axloqiy-qadriyatli yo‘nalishlar va ijtimoiy muloqot strategiyalari kabi psixologik-regulyativ vositalar asosida erkak va ayol xodimlar o‘rtasida moslashuv jarayonining funksional farqlanishi aniqlangan.
ichki ishlar organlari xodimlarning ijtimoiy moslashuvida psixologik qo‘llab-quvvatlash va barqarorlik mexanizmlariga ko‘ra psixokorreksion treninglar, kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar, stress-menejment intervensiyalari asosida professional adaptatsiyani optimallashtiruvchi amaliy tavsiyalar tizimi ishlab chiqilib uning amaliy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga ko‘ra ularning xizmat muhiti, kasbiy talablar, jamoadagi axloqiy-psixologik iqlim, shaxsiy-psixologik resurslar, kommunikatsiya tizim ijtimoiy-psixologik vositalar asosida ijtimoiy moslashuvning stratifikatsiyalashgan tuzilishi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 457-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 457- a son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy moslashuv xususiyatlari yosh-psixologik vositalariga ko‘ra ontogenetik rivojlanish bosqichi, kasbiy tajribaning davomiyligi, emotsional barqarorlik va stressga chidamliligi tufayli xizmat davomiyligi ortishi bilan adaptatsiya jarayonining moslashuv sifati differensiallashuvi asoslanganiga oid xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 457-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 457- a son ma’lumotnomasi) Natijada ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy moslashuv xususiyatlari yosh-psixologik vositalariga ko‘ra ontogenetik rivojlanish bosqichi, kasbiy tajribaning davomiyligi, emotsional barqarorlik va stressga chidamliligi tufayli xizmat davomiyligi ortishi bilan adaptatsiya jarayonining moslashuv sifati differensiallashuvi ochib berilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning genderga oid dinamikasiga ko‘ra xulq-atvorni boshqarish darajasi, kommunikatsiya kompetentliligi, jaroyonlarda emotsional nazorat, axloqiy-qadriyatli yo‘nalishlar va ijtimoiy muloqot strategiyalari kabi psixologik-regulyativ vositalar asosida erkak va ayol xodimlar o‘rtasida moslashuv jarayonining funksional farqlanishi aniqlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 457-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 457- a son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning genderga oid dinamikasi yoritilgan. 
ichki ishlar organlari xodimlarning ijtimoiy moslashuvida psixologik qo‘llab-quvvatlash va barqarorlik mexanizmlariga ko‘ra psixokorreksion treninglar, kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar, stress-menejment intervensiyalari asosida professional adaptatsiyani optimallashtiruvchi amaliy tavsiyalar tizimi ishlab chiqilib uning amaliy samaradorligi asoslanganiga oid xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 457-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 457- a son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarning ijtimoiy moslashuviga oid psixologik trening dastiri ishlab chiqilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish