Maqsudova Gulnoz Olimovna
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.DSc/Ped1154
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutqiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari nutq uzviyligini ta’minlash va semantik kodlash jarayonining faollashuviga ko‘ra “kognitiv-semantik moslashuv” tadqiqot birligi orqali autentik nutqiy materiallarni real muloqot vaziyatlarida tahlil qilish hamda kasbiy diskursning intonatsion-xissiy o‘zgaruvchanligi orqali muloqotni optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirishda takroriy mashq orqali mustahkamlash va alternativ ifodalash kabi ustuvor nutqiy strategiyalardan foydalanishning til birliklarini tez va to‘g‘ri qo‘llash, nutqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish va alternativ ekspressiv vositalar bilan mazmunni etkazish imkoniyatlariga ta’siri kollaborativ nutq faollashuvi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish taksonomik modeli nutqning reseptiv, reproduktiv, produktiv va interaktiv darajalarini informativ va ekspressiv turlar bilan uyg‘unlashtirishning “taksonomik-konseptual variativlik” asosiga ko‘ra nutqiy faoliyatning mazmun-faoliyat birligini kognitiv va kommunikativ yondashuvlar ta’sirida integrativ professional nutqiy shakllanish yo‘li bilan takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish metodikasi Socratic Questioning, Toulmin Argument va Case Study kabi mantiqiy-tafakkur texnologiyalarining “kommunikativ-tafakkur faollashuvi” variativligiga ko‘ra kognitiv-kommunikativ va pragmatik mashqlar tizimini shakllantirish hamda kommunikativ ssenariylar va kasbiy simulyasiyalardan samarali foydalanish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish samaradorligi nutqiy o‘sish traektoriyasini aniqlashga qaratilgan mantiqiy tafakkur texnologiyalarining faol dinamikasiga ko‘ra “nutqiy rivojlanish faoliyati yo‘nalishi” asosida kognitiv-mustaqil, konstruktiv aniqlik va aksiologik-refleksiv darajalarning dinamik va obektiv baholanishi orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutqiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari nutq uzviyligini ta’minlash va semantik kodlash jarayonining faollashuviga ko‘ra “kognitiv-semantik moslashuv” tadqiqot birligi orqali autentik nutqiy materiallarni real muloqot vaziyatlarida tahlil qilish hamda kasbiy diskursning intonatsion-xissiy o‘zgaruvchanligi orqali muloqotni optimallashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Methodology of teaching English to non-native speakers chapter 2” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-132/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kabiy nutq faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kengaytirlgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirishda takroriy mashq orqali mustahkamlash va alternativ ifodalash kabi ustuvor nutqiy strategiyalardan foydalanishning til birliklarini tez va to‘g‘ri qo‘llash, nutqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish va alternativ ekspressiv vositalar bilan mazmunni etkazish imkoniyatlariga ta’siri kollaborativ nutq faollashuvi asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Methodology of teaching English to non-native speakers chapter 2” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-132/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish strategiyalari samaradorligi aniqlangan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish taksonomik modeli nutqning reseptiv, reproduktiv, produktiv va interaktiv darajalarini informativ va ekspressiv turlar bilan uyg‘unlashtirishning “taksonomik-konseptual variativlik” asosiga ko‘ra nutqiy faoliyatning mazmun-faoliyat birligini kognitiv va kommunikativ yondashuvlar ta’sirida integrativ professional nutqiy shakllanish yo‘li bilan takomillashtirishga oid tavsiyalar “Methodology of teaching English to non-native speakers chapter 2” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-132/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirishning modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish metodikasi Socratic Questioning, Toulmin Argument va Case Study kabi mantiqiy-tafakkur texnologiyalarining “kommunikativ-tafakkur faollashuvi” variativligiga ko‘ra kognitiv-kommunikativ va pragmatik mashqlar tizimini shakllantirish hamda kommunikativ ssenariylar va kasbiy simulyasiyalardan samarali foydalanish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Distinct English” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-132/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining nutqiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirish samaradorligi nutqiy o‘sish traektoriyasini aniqlashga qaratilgan mantiqiy tafakkur texnologiyalarining faol dinamikasiga ko‘ra “nutqiy rivojlanish faoliyati yo‘nalishi” asosida kognitiv-mustaqil, konstruktiv aniqlik va aksiologik-refleksiv darajalarning dinamik va obektiv baholanishi orqali aniqlashga oid tavsiyalar “Distinct English” mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-132/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy nutq faoliyatini rivojlantirishning samaradorligini takomillashtirilgan.