Kudeshova Gulchexra Tengelbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toksik anemiya sharoitida o‘sayotgan organizmning ingichka ichagidagi uglevodlar assimilyasiyasi», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B148.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Shoniyoz Kurbanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toksik anemiya sharoitida o‘sayotgan organizmning ingichka ichagidagi uglevodlar assimilyasiyasini o‘zgarishlari va ularni korreksiyalash vositalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemolitik moddalarning bir marotabali in’eksiyasi hazm karbogidrazalar faolligining oshishiga, ya’ni uglevodlar gidrolitik tizimlarida o‘tkir gemointoksikatsiyasiga javoban adaptatsion-kompensator reaksiyasining rivojlanishi aniqlangan;
toksik anemiyada me’da osti bezida α-amilaza inkresiyasining oshishi va sekresiyasining kamayishi, atsinuslarda vakuolizatsiya va aglomeratsiyalarda ifodalanuvchi pankreatik etishmovchiligining rivojlanishi isbotlangan;
gemolitik moddalarning surunkali ta’siri enteral α-glyukozidazalar faolligining kamayishi, shilliq qavatining gipotrofiyasi va ingichka ichakda gidrolitik sig‘imi kamayishi hamda yo‘g‘on ichakda megakolon, koprostaz va disbioz rivojlanishi asoslangan;
toksik anemiyali hayvonlarga pektin va ekdisteron berilishi ingichka ichakda uglevodlar assimilyasiyasi va o‘sayotgan hayvonlarda o‘sish sur’atlarining me’yorlashtirilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toksik anemiya sharoitida o‘sayotgan organizmning ingichka ichagidagi uglevodlar assimilyasiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekdisteronning ta’sirida ichak epiteliotsitlardagi ro‘y bergan metabolitik stabillashuvi bo‘yicha natijalar FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» loyihasida hujayra funksiyasida mitoxondriyalardagi Sa2+ ga bog‘liq megaporani tutgan o‘rnini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 10 maydagi 4/1255-1210-son ma’lumotnomasi). Natijada ekdisteron mitoxondriyalarda megapora faolligini ingibirlashi orqali, membrana va hujayraviy jarayonlarni stabillashtirish imkonini bergan;
pektinning o‘sayotgan organizm gemotoksikatsiyasida hazm jarayonini me’yorlashtirilishi bo‘yicha natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaligida parrandalarni boqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2018 yil 6 sentyabrdagi 01/01-2132-son ma’lumotnomasi). Natijada pektinni berilishi parrandalar tomonidan ozuqani iste’molini oshirish va tana massasi ortish sur’atlarini tezlashtirish imkonini bergan.