Nazarova Rayxon Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xudojestvennoe svoeobrazie trilogii Xilari Mantel v kontekste janra istoricheskogo romana” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5004.
Ilmiy rahbar: Muxammedova Nilufar Eliboevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xilari Mantelning tarixiy trilogiyasining badiiy o‘ziga xosligini tarixiy roman janri kontekstida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xilari Mantel tarixiy romanlaridagi janr transformatsiyasi epik voqealar tasviridan tarixni shaxsiy idrok etish, milliy pafosdan mifni dekonstruksiya qilish, anʼanaviy realizmdan “ayol nasri” elementlarini o‘z ichiga olgan postmodern subektivlikka o‘tish orqali namoyon bo‘lishi XIX-XX asrlardagi janr kanonlari asosida dalillangan;
milliy miflar badiiy dekonstruksiyasi monarxiyaning mafkuraviy rolini qayta baholash, tarixdagi byurokratik subektni ilgari surish va ingliz tarixiy romanida tasvirning statik modelini qayta ko‘rib chiqish imkonini berishi madaniy-tarixiy tahlil negizida asoslangan;
Tomas Kromvel orqali tarixiy roman qahramonining yangi modelini shakllantirilishi, muallifning personajlar taqdiri orqali tarixiy voqealarni tasvirlash istagi, hikoyani Kromvel tilidan bayon etilishi, hokimiyat, axloq va shaxsiy tanlov masalalarini dolzarblashtirish maqsadida zamonaviylikning parallel ifodasi biografik tahlil asosida aniqlangan;
Xilari Mantelning hikoya qilish uslubiga xos novatorligi, ya’ni uchinchi shaxs olmoshini qo‘llashdagi o‘ziga xoslik va hikoya dramatizmi tarixiy romanning yangi modelini shakllantirishda muhim adabiy-estetik omil hisoblanishi narratologik tahlil asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amalga oshirilgan:
Xilari Mantel tarixiy romanlaridagi janr transformatsiyasi epik voqealar tasviridan tarixni shaxsiy idrok etish, milliy pafosdan mifni dekonstruksiya qilish, anʼanaviy realizmdan “ayol nasri” elementlarini o‘z ichiga olgan postmodern subektivlikka o‘tish orqali namoyon bo‘lishi XIX-XX asrlardagi janr kanonlari asosida dalillanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 22-avgustdagi 01/488-son ma’lumotnomasi). Natijada Xilari Mantel uslubining o‘ziga xos xususiyatlari va uning tarixiy nasr rivojiga ta’siri haqidagi xulosalar loyiha doirasida yaratilgan elektron platformani boyitishda keng foydalanilgan;
milliy miflar badiiy dekonstruksiyasi monarxiyaning mafkuraviy rolini qayta baholash, tarixdagi byurokratik subektni ilgari surish va ingliz tarixiy romanida tasvirning statik modelini qayta ko‘rib chiqish imkonini berishi madaniy-tarixiy tahlil negizida asoslanganiga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01-03/336-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan xulosalar yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Tomas Kromvel orqali tarixiy roman qahramonining yangi modelini shakllantirilishi, muallifning personajlar taqdiri orqali tarixiy voqealarni tasvirlash istagi, hikoyani Kromvel tilidan bayon etilishi, hokimiyat, axloq va shaxsiy tanlov masalalarini dolzarblashtirish maqsadida zamonaviylikning parallel ifodasi biografik tahlil asosida aniqlanganiga doir ilmiy natijalardan Erasmus+ dasturida amalga oshirilgan ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419 xalqaro ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/778-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlarining kontenti X.Mantel hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan;
X.Mantelning hikoya qilish uslubiga xos novatorligi, ya’ni uchinchi shaxs olmoshini qo‘llashdagi o‘ziga xoslik va hikoya dramatizmi tarixiy romanning yangi modelini shakllantirishda muhim adabiy-estetik omil hisoblanishi narratologik tahlil asosida isbotlanganiga oid xulosalardan 2024-yilda nashr etilgan “History of Literary Criticism” (ro‘yxatga olish raqami №275-10) nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 4-noyabrdagi 01/4374-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy ma’lumotlar o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda xizmat qilgan.