Salamova Feruza Xakimbekovna
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus ta’lim muassasalarida korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2919.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori, professor;
Ayupova Mukarram Yuldashevna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universitet.
II. Tadqiqotning maqsadi maxsus ta’lim muassasalarida korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Individuallashtirilgan reglament va fanlararo nutqiy klaster birligiga ustuvorlik berish asosida ta’lim–tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillari, korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish omillari va shart-sharoitlari o‘qituvchilarning metodik faoliyatiga aniqlik va o‘lchamlilik kabi sifat mazmuniga adaptivlik darajalariga ko‘ra singdirish asosida aniqlashtirilgan;
individual ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini intensiv rivojlantirishda artikulyasiya, tovush qo‘yish, avtomatlashtirish mexanizmlari ta’limning kompensatsiyaga asoslangan korreksiya usullarini shaxsga yo‘naltirilgan muhitda konsentrik murakkablashuvini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik modeli nutq rivojlanganligini davriy monitoring qilishning amaliy va refleksiv komponentlarini o‘quvchilarda intelektual-psixologik imkoniyatlarni diagnostika qilish jarayoniga personal samaradorlik darajalarida singdirish asosida takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilar bilan yakka ishlashning yaxlitlik, diagnostiklik, moslashuvchanlik talablariga javob beradigan metodik tayyorgarlikni o‘qituvchilarda shakllantirishni ta’minlovchi raqobatli piramidani nutqiy topshiriqlar realizatsiyasida qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus ta’lim muassasalarida korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida:
maxsus ta’lim muassasalarida korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish omillari va shart-sharoitlarini “individuallashtirilgan reglament + fanlararo nutqiy klaster» birligini ta'minlashga ustuvorlik berish orqali aniqlik, o‘lchamlilik kabi sifat mezonlarini o‘qituvchilarning metodik faoliyati mazmuniga adaptivlik darajalariga ko‘ra singdirish asosida aniqlashtirishtirishga doir taklif va tavsiyalar “Mektepke shekemgi surdopedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022-yil 13-may 166-sonli buyrug‘i; 166-196-sonli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar va amaliyotchilar uchun individual ta’lim sharoitida kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarning keng joriy etilishiga erishilgan;
individual ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini intensiv rivojlantirish mexanizmlarini boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvuvchilar nutqini intensiv rivojlantirishning artikulyasiya, tovush qo‘yish, avtomatlashtirish mexanizmlari individual ta’limning kompensatsiyaga asoslangan korreksiya usullarini shaxsga yo‘naltirilgan muhitda konsentrik murakkablashuvda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” nomli dastur senariyasini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2022 yil 28 iyun O‘zMTRK-0628-1011-son ma’lumotnomasi). Natijada kar bolalar nutqi ustida ishlash metodlari respublika miqyosida ommalashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik modelini nutq rivojlanganligini davriy monitoring qilishning amaliy va refleksiv komponentlarini o‘quvchilarda intelektual-psixologik imkoniyatlarni diagnostika qilish jarayoniga personal samaradorlik darajalarida singdirish asosida takomillashtirish hamda korreksion mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilar bilan yakka ishlashning yaxlitlik, diagnostiklik, moslashuvchanlik talablariga javob beradigan metodik tayyorgarlikni o‘qituvchilarda shakllantirishni ta’minlovchi raqobatli piramidani nutqiy topshiriqlar realizatsiyasida qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflari “Mektepke shekemgi surdopedagogika” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2024-yil 25-iyun 218-sonli buyrug‘i; 218-053-sonli guvohnoma). Natijada, kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarning keng joriy etilishiga erishilgan.