Yo‘ldasheva Mahliyo Faxriddin qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jek London asarlari tarjimalarining leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari (“Martin Iden” va “Oq so‘yloq” asarlari asosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5692
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xajieva Feruza Melisovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlarining tarjimalarida leksik-semantik va pragmatik xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda asarlarning original matnlari hamda ularning tarjimalaridagi lug‘aviy ma’nolar, semantik o‘zgarishlar, kontekstual moslashuvlar, madaniy va pragmatik jihatlar, shuningdek, tarjima jarayonida saqlanib qolgan yoki o‘zgargan falsafiy va ijtimoiy qarashlar tahlil qilinadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlari leksik qatlamlarining konnotativ va denotativ ma’nolari yoritilib, “Martin Iden” asarining semantik qatlami 10 ta tematik guruhga mansubligi, “Oq So‘yloq” asarida esa 10 ta leksik qatlami mavjudligi hamda ularning konnotativ ma’nolari, stilistik funksiya va ijtimoiy-falsafiy kontekstlardagi o‘rni, mazmuni, vazifasi va ta’sir kuchi aniqlandi;
“Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlari tarjimalarining funksional-semantik va pragmatik xususiyatlari ochib berildi hamda ularning semantik to‘liqligi va madaniy moslik darajasi faktik materiallar asosida dalillandi;
Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlari tarjimalari J.Serlning performativ va Dj.Ostinning illokutiv (maqsad) fe’llar asosidagi nutqiy aktlari bo‘yicha pragmatik jihatdan yoritilib, polisemik, omonimlik, sinonimikma’nolari ochib berildi;
Jek London asarlaridagi metafora va metonimiyalar tarjimalarida semantik ekvivalentlik, kalkalash hamda erkin tarjima usullari ustunlik qilishi tarjima tahlillari orqali ilmiy asosda isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlari tarjimalarining leksik-semantik va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida leksik-semantik xususiyatlari, ushbu asarlarda metafora va metonimiyaning aks etish masalalariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik- texnologiya instituti 21-aprel 2025-yildagi 1377-024- sonli ma’lumotnoma). Natijada, “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida leksik-semantik tahlil asosida lug‘at boyligi, kontekstual ma’nolarning o‘zaro munosabati, tarjimalarning pragmatik samaradorligi, ya’ni asl matnning kommunikativ maqsadlarini saqlash, madaniy va lingvistik adaptatsiya mexanizmlari aniqlanganligi, Jek Londonning uslubiy xususiyatlarini tarjimada etkazishning diskursiv imkoniyatlariga doir ilmiy xulosalar va natijalardan loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda qo‘llanilgan;
“Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlaridagi lug‘aviy birliklarning tarjimalarda semantik moslashuvi, kontekstual ma’nolar saqlanishi yoki o‘zgarishini qiyosiy tahlili, tarjima jarayonida madaniy, ijtimoiy va tilning amaliy jihatlarini hisobga olgan holda matnning maqsadli auditoriyaga moslashtirilishi, tarjimalarda uchraydigan xalq tiliga xos iboralar va badiiy ifodalarning ta’limiy korpusga kiritilishi kabi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022- yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama” xalqaro loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 62- umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2025- yil 20-iyundagi 4- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asliyatdagi metaforik va stilistik vositalarning o‘zbek va rus tillaridagi tarjima muqobillari, ingliz tilidan tarjima qilingan badiiy matnlarning milliy va madaniy xususiyatlarini saqlash, tarjima usullarini tanlash, Jek London asarlaridagi individual uslubning o‘zbek va rus tillarida ifodalanish holatlarini taqqoslab tahlil qilish kabi ilmiy xulosa va natijalardan loyihaning nazariy asosini mustahkmlashda ishlatilgan;
“Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalarida badiiy tasviriy vositalar- metafora va metonimiyaning ishlatilishi, asarlarning ingliz tilidagi original matni bilan o‘zbek tiliga tarjimalaridagi leksik-semantik va pragmatik o‘xshashlik va farqlari yuzasidan berilgan umumlashtirilgan fikrlar va materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ozbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” dasturlari senariysini tayyorlashda (2023-2025-yillar davomida) foydalanilgan (O‘z MTRK “O‘zbekiston 24” muharririyati 2025-yil 24-iyundagi 05-09-1007-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishidan olingan ma’lumotlar natijasida kuzatuvchilar Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlarining adabiy tarjima jarayonida lingvistik va madaniy adaptatsiya mexanizmlarini qiyosiy yondashuv asosida o‘rganish, tarjimalarda semantik va pragmatik maqsadlarni aks etishi, ularning asliyat matni bilan muvofiqligi va jamiyatda qabul qilinishining lingvistik jihatlari, adabiy tarjima sohasida zamonaviy didaktik usullar, tarjima qoidalarini takomillashtirishga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishgan va materiallar ilmiy jihatdan asoslangan.