Botirova Maxliyo Baxodir qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida reklamaning uslubiy-diskursiv xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Fil3697 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, professor, Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi reklama matnlarini uslubiy-diskursiv aspektda tahlil qilish, lingvistik tabiatini yoritish va lingvomadaniy, aksiologik mohiyatini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fanda reklama diskursi(RD)ning tadqiqida antroposentrik yondashuvning ustuvor jihatlari ochiqlangan hamda vizual, audial, vizual-audialga asoslangan RDning til xususiyatlari va ularni vujudga keltiruvchi lisoniy, semiotik birliklar birgalikda diskursiv polikodli majmuaviy tizimni tashkil qilishi ko‘rsatib berilgan;
RDda firmonim, ergonim, ravish, olmosh, chegaralangan leksika (jargon, argo, sleng), anafora, folklor elementlari (maqol va matallar), presedent birliklar, poetonim, mifonim, arxetip, qanotli jumlalar, noverbal belgilar (logotip, ramzlar) deyksis maqomiga o‘tishi; reklamada deyktik birliklarga zarurat ushbu diskursning qisqa va aniq, ixcham informemalardan tashkil topishi bilan izohlanishi dalillangan; 
reklama diskursida presuppozisiya va talqin (interpretatsiya) lingvomadaniy uygʻunlikka ta’sir etuvchi omillar ekani ochiqlanib, milliy madaniyatga to‘gʻri kelmaydigan reklamalar tagma’nosida madaniy makonning milliy-mental, axloqiy me’yorlari zidlanishi dalillangan;
 birliklar stilistik-pragmatik xususiyatlari  farmasevtik (220 ta), gastronomik (60), attorlik (110), maishiy texnika (30), xo‘jalik (30), kiyim-kechak mahsulotlari (10), xizmat ko‘rsatish markazlari reklamasi (40) misolida tahlil qilinib, farmasevtik mahsulotlar guruhi badiiy matnlarga eng yaqin turuvchi mavzuviy guruh ekani ko‘rsatib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning o‘zbek tilida reklama diskursini shakllantiruvchi til sathlari birliklarining stilistik-pragmatik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fanda reklama diskursi(RD)ning tadqiqida antroposentrik yondashuvning ustuvor jihatlari ochiqlangan hamda vizual, audial, vizual-audialga asoslangan RDning til xususiyatlari va ularni vujudga keltiruvchi lisoniy, semiotik birliklar birgalikda diskursiv polikodli majmuaviy tizimni tashkil qilishiga tegishli ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yilda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-fevraldagi 04/1-448-son ma’lumotnomasi). Natijada reklama matni va uni tarkib toptiruvchi birliklar tizimida neyminglar o‘rni va maqomini aniqlashga aloqador xulosalarning takomillashuviga erishilgan;
RDda firmonim, ergonim, ravish, olmosh, chegaralangan leksika (jargon, argo, sleng), anafora, folklor elementlari (maqol va matallar), presedent birliklar, poetonim, mifonim, arxetip, qanotli jumlalar, noverbal belgilar (logotip, ramzlar) deyksis maqomiga o‘tishi; reklamada deyktik birliklarga zarurat ushbu diskursning qisqa va aniq, ixcham informemalardan tashkil topishi bilan izohlanishiga oid qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-fevraldagi 04/1-403-son ma’lumotnomasi). Natijada reklama matni, reklamalarda diskursivlikni yuzaga keltiruvchi lisoniy vositalarning pragmatik tabiati va uning (reklama matnining) ergonim, firmonimlarning onomastik ko‘lamdagi pragmatik tabiatiga ta’siri tahliliga oid xulosalarning mazmunan boyishiga erishilgan;
reklama diskursida presuppozisiya va talqin (interpretatsiya) lingvomadaniy uygʻunlikka ta’sir etuvchi omillar ekani ochiqlanib, milliy madaniyatga to‘gʻri kelmaydigan reklamalar tagma’nosida madaniy makonning milliy-mental, axloqiy me’yorlari zidlanishiga doir xulosalardan “Ma’rifat” Ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” Ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi 01-33/80-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyatga xos bo‘lmagan reklamalar tagma’nosi haqidagi masalalar tahliliga bagʻishlangan ko‘rsatuvlarning mazmunan mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish