Xidirova Mastura Abduxalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akvakul`turada baliqlar uchun yo‘naltirilgan ta’sirga ega probiotiklar», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1158.
Ilmiy rahbar: Miralimova Shaxlo Mirdjamalovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.21.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Gulchexra Xakimovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xujamshukurov Nortoji Abduxalikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda baliq yuqumli kasalliklari, jumladan, aeromonozning oldini olish va baliq mikrobiotsenozini me’yorlashtirish uchun yuqori samaradorlikka ega biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston hovuz xo‘jaliklari suvi va baliqlarining shartli- patogen mikrobiotasi, shuningdek, laktobiotasi batafsil tavsiflangan;
O‘zbekiston akvakul`turasida Aeromonas avlodiga mansub A.salmonicida, A.caviae, A.hydrophila, A.sobria, A.media, A. ichthiosmia, A. veronii, A. bestiarum kabi aeromonadlar tarqalganligi shulardan, A. salmonicida, A. caviae, A. hydrophila, A.veronii larning infeksion kasallik ko‘zg‘atishi aniqlangan;
gidrobiontlardan ajratilgan sut kislotasi bakteriyalari (SKB) DNKni himoya qiluvchi faollikka egaligi, boshqa manbalardan ajratilgan SKBlarga nisbatan baliq patogenlariga qarshi yuqori antimikrob faolligi asoslangan;
tanlangan konsorsiumning pH ga chidamliligi alohida shtammlarning chidamliligiga nisbatan yuqori ekanligi va bu xususiyati agregatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Akvakul`turada baliqlar uchun yo‘naltirilgan ta’sirga ega probiotiklarni amaliyotga joriy etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
akvakul`turalar uchun L.plantarum Kr5, L.delbrueckii R2, L.acidophilus D, P.acidilactici B va E. faecium R2, B. subtilis R4 shtammlari asosida biologik faol probiotik ozuqabop “Akvabiotik” qo‘shimchasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№ IAP 7836, 30.10.2023 y). Natijada, baliqchilikda baliq kasalliklarining oldini oluvchi, davolovchi va profilaktikasi uchun samarali yo‘naltirilgan ta’sirga ega biologik faol qo‘shimcha sifatida qo‘llash imkonini bergan;
qisqichbaqasimonlarga mansub fors ko‘rfazi krevetkasi (Litopenaeus vannamei) mikroflorasidan Lactiplantibacillus plantarum Kr5, Toshkent viloyati yangi yo‘l tumani baliqchilik xo‘jaligi sazan balig‘i (Cyprinos carpio) ajratilgan Pediococcus acidilactici B shtammi 16S rPHK nukleotid ketma-ketligi aniqlanib GenBank va National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Lactiplantibacillus plantarum Kr5, (PQ651794), Pediococcus acidilactici B shtammi (PQ652318) raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2025 yil 19 martdagi 4/1255-715-son ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu shtammning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
sut kislotasi bakteriyalari Lactiplantibacillus plantarum Kr5, Pediococcus acidilactici B bakteriyasi shtamlaridan Mikrobiologiya institutining AL-7823051490-sonli “Malhamlarda (surtmalarda) foydalanish uchun mikrob biosurfaktantlarni olish biotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi olima ayollar loyihasida biosurfaktantlarni ajratib olishda foydalanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2025 yil 19 martdagi 4/1255-1772-son ma’lumotnomaci). Natijada, L. plantarum Kr5 va P. acidilactici B shtammlari asosida biosurfaktant ishlab chiqarish istiqbolli ekanligi imkonini bergan.