Saidmuratov Shoxid Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologlar uchun botanika fanidan “Yuksak o‘simliklar moduli”ni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5151.
Ilmiy rahbar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunboev Hamdam Eshboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim mussasalarida botanika fanidan “Yuksak o‘simliklar moduli”ni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari raqobatbardosh, tanqidiy va mustaqil fikrlashga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali kadrni tayyorlash mazmuni hamda kasbiy faoliyatga nisbatan tashkiliy-metodik, ta’limiy pedagogik, texnik, axborot-ta’limiy va metodik komponentlardan iborat amaliy ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o‘qitish metodikasining didaktik ta’minoti tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy tarkibdan iborat metodik tuzilma hamda interaktiv resurslar, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlar tarkibidan iborat interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish imkoniyatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o’qitish modeli tizimli, kompetensiyaviy yondashuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash hamda maqsadli, mazmunli-tashkiliy va natijaviy komponentlardan tarkib topgan tuzilishi va mazmunini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o’qitishning samaradorligini aniqlash metodikasi talabalarning pedagogik kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini baholashning adaptiv, yo’naltiruvchi, izlanuvchi, kreativ bosqichlari hamda qayta idrok etish, evrestik-ijodiy, bazaviy, qayta ishlash kabi mezonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o’qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o‘qitish jarayonining metodik tuzilishi (tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy) kasbiy shakllanish bilan bevosita interaktivlikni ta’minlash orqali takomillashtirilganligi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti amaliyotiga joriy etilgan (T.N.Qoriniyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 18-aprel 2024-yildagi 01/15-09/105(033)-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning botanika fanining “Yuksak o’simliklar moduli”dan o‘rin olgan nazariy, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishida metod va vositalarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o’qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida: biologiya ta’limini axborotlashtirish sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talabalar tayyorgarlik sifatiga qo’yiladigan kompetensiyaviy mezonlarni takomillashtirishga oid takliflardan “Botanika: o‘simliklar sistematikasi (amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o’quv qo’llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 28-oktyabrdagi 3/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2024-481U-448 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur kompetensiyalar asosida talabalarning o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni amalda qo’llay olishini rivojlantirishga erishilgan;
botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”ni o’qitishning innovatsion-pedagogik vositalardan samarali foydalanish mexanizmini kasbiy faoliyatga oid parametrlar, faol axborot almashinish, o’quv materiallarini tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid xulosalar “Botanika: o‘simliklar sistematikasi (amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 28-oktyabrdagi 3/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2024-481U-448 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, botanika fanidan “Yuksak o’simliklar moduli”i bo‘yicha adaptiv, yo‘naltiruvchi, izlanuvchi va kreativ bosqichlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.