Yusupova Dilfuza Ubaydulloevnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda olovbardosh materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5986 
Ilmiy rahbar: Maqsudov Nabijon Baxodirovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: D.G.Alieva, texnika fanlari doktori, professor; D.N.Qodirova, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda olovbardosh materiallarning ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-    paxta, bazalt iplaridan foydalangan holda sarja tuzilishga ega bo‘lgan yangi assortimentdagi yuqori issiqlikka chidamli olovbardosh  to‘qimaning strukturaviy  tuzilishi ishlab chiqilgan. 
-    paxta va bazalt tolali olovbardosh materiallarining fizik-mexanik, olovga chidamliligi xossalarini yaxshilash maqsadida materialning zichligi bo‘yicha texnologik ko‘rsatkichlarning optimal qiymatlarini matematik modeli olingan. 
-    to‘la omilli tajriba natijalari asosida bazalt ipining arqoq bo‘yicha 1 metr xom to‘qima zichligi hamda bosh val aylanish tezligini maqbul qiymatlari asosida arqoq ipini 1 metrda to‘qish jarayonidagi uzilishlar soni bo‘yicha adekvat regression tenglamasi olingan.
-    mahalliy xomashyo paxta va bazalt tolali iplardan to‘qilgan to‘qimaning tarkibidagi paxta iplarini yonuvchanligini kamaytirish uchun kimyoviy ishlov berish usuli asosida tolaning yonuvchanlik  darajasini G1 (800-1000 °S) darajasiga chidamliligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi assortimentdagi olovbardosh materiallarini YJ737D firmasi to‘quv mashinasining imkoniyatlaridan keng foydalanib, mahalliy xomashyodan foydalangan holda yartish ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Yangi assortimentdagi olovbardosh materiallarini olish texnologiyasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Turon vodiy teks” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2025-yil 14-noyabrdagi № 02/06-2691 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1ta to‘quvchilik dastgohiga nisbatan kutiladigan 1 yilda ishlab chiqariladigan mahsulot uchun iqtisodiy samaradorlik 118 087 591,5 so‘mni, 10 ta to‘quvchilik dastgohiga nisbatan kutiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik 1 180 875 915 (bir mlrd bir yuz sakson million sakkiz yuz etmish besh ming to‘qqiz yuzi o‘n besh) so‘mni  tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish