Muxtarov Abbosbek Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.03 –Teri, mo’yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi - “Modifikatsiyalangan ipak gidrolizati bilan charmni to’ldirish texnologiyasi va uning strukturalinishi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4487
Ilmiy rahbar: Toshev Akmal Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Djo‘raev Abdujalil Mannopovich, texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Texnologik va iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchilarni olish, asosiy fizik – mexanik va kimyoviy hamda gigienik xossalarini saqlab qolgan holda poyabzal ustki qismi charmlarini to’ldirish jarayonining samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
poyabzal ustki qism charmlari uchun modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosida olingan to’ldiruvchini serisin bilan dastlabki turli nisbatlaridagi kompozisiyalarning yangi turdagi suvda oson eriydigan to’ldiruvchilar olingan va uning asosiy fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchi tarkibiga kiruvchi serisinning kollagenidagi ion turidagi polipeptid, ionlashgan –gidroksil, -amin guruhlari bilan giloksaldagi faol karbonil guruhi o’zaro ta’sirlashib, ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchining kollagen va giloksal o’rtasida vodorod bog‘larini hosil qilishi isbotlangan;
modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosida olingan to’ldiruvchilar bilan to’ldirish texnologiyasi va uning strukturalashda ko’p omilli matematik modellashtirishda model Styudent va Fisher mezonlari bo’yicha adekvat ekanligi tasdiqlangan va jarayonni bashorat qilish hamda optimallashtirish uchun ishonchliligi isbotlangan;
kompleks talablarga javob beradigan poyabzal ustki qism charmlari uchun modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosida olingan to’ldiruvchi bilan to’ldirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va to’ldirilgan charmlarning fizik-mexanik ko’rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchilarni olish va poyabzal ustki qismi uchun charmlarni to’ldirish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyodan (ipak gidrolizati, karboksimetilsellyuloza va boshqalar) poyabzal ustki qismi charmini to’ldirish jarayoni uchun modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchilarni Namangan shahridagi «YuKSALISh ChARM SANOAT SERVIS» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy qilingan («Uzcharmsanoat» uyushmasining 2025 yil 3 oktyabrdagi №01-2676 son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ravishda poyabzal ustki qismi charmini to’ldirish jarayoni uchun an’anaviy, import qilinadigan Evrosintan MC, Mimtan AT-1 va Mimoza RG to’ldiruvchilari o’rniga yangi mahalliy, modifikatsiyalangan ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchilarni qo’llash imkoniyati yaratilgan hamda to’ldiruvchi tarkibiga 3% choklovchi agent glioksal kiritilganida ipak gidrolizati asosidagi to’ldiruvchining 10 MPa kuchlanishdagi cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini boshqa to’ldiruvchilarga nisbatan 18% ga oshirishga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 528 750 000 (besh yuz yigirma sakkiz million etti yuz ellik ming) so‘mni tashkil etgan.