Gafurov Zafar Asrarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global va mintaqaviy iqlim o‘zgarishi sharoitida Qarshi cho‘lining sug‘oriladigan maydonlarida qishloq xo‘jalik ekinlari evapotranspiratsiyasi dinamikasi», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr.64
Ilmiy rahbar: Arushanov Mixail L`vovich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya xizmati markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshkobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor; Ni Anatoliy Aleksandrovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: global va mintaqaviy iqlim o‘zgarishi sharoitida Qarshi cho‘lining sug‘oriladigan maydonlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarining evapotranspiratsiyasi dinamikasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproqning suv hamda radiatsiya balansi tenglamalari asosida potensial va haqiqiy evapotranspiratsiyani hisoblashning modifikatsiyalangan algoritmlari ishlab chiqilgan;
sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanib haqiqiy yalpi bug‘lanishni hisoblashning yangi modifikatsiyalangan algoritmi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan talabini aniqlash imkonini beruvchi samarali texnologiya yaratilgan;
global va mintaqaviy iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda Qarshi cho‘lidagi suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha texnologik echimlar ishlab chiqilgan;
istiqbolda o‘simliklar biounumdorligini aniqlashga imkon beruvchi, desuksiyani tabiiy sharoitda hisoblashning oddiy usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qarshi cho‘lida qishloq xo‘jalik ekinlari evapotranspiratsiyasini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproqning suv hamda radiatsiya balansi tenglamalari asosida potensial va haqiqiy bug‘lanish hisobining modifikatsiyalangan algoritmi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 martdagi 04/25-1139-son ma’lumotnomasi). Natijada Qarshi cho‘lida innovatsion texnologiya yordamida ekinlar evapotranspiratsiyasi hisobini aniqlashda samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan;
sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanib ishlab chiqilgan haqiqiy bug‘lanish hisobining yangi modifikatsiyalangan algoritmi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan talabini aniqlash imkonini beruvchi samarali texnologiya Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 martdagi 04/25-1139-son ma’lumotnomasi). Natijada Qarshi cho‘lida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida ekinlarning suvga bo‘lgan talabini aniqlash imkonini bergan;
global va mintaqaviy iqlim o‘zgarishini xisobga olgan holda Qarshi cho‘li suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik echimlar Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 martdagi 04/25-1139-son ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishlari sharoitida mahalliy sharoitga moslashtirilgan haqiqiy bug‘lanishni hisoblash va suv resursidan oqilona foydalanish imkonini bergan;
o‘simliklarning biomahsuldorligini yanada aniqroq aniqlash imkoniyatini beruvchi desuksiyani dala sharoitida hisoblashning oddiy usuli Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 martdagi 04/25-1139-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar respublika qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.